Stokgolm: yuk avtomobili olomon ustiga haydalgan

Stokgolmdagi hodisa Image copyright AFP
Image caption Politsiya hodisaga terrorchilik xuruji sifatida qaramoqda

Shvetsiya matbuoti tarqatayotgan xabarlarga koʻra, haydovchi yuk avtomobilini poytaxt Stokgolmning markaziy koʻchasida piyodalar ustiga haydashi oqibatida bir necha inson hayotdan koʻz yumgan.

Mahalliy radio xabar qilishicha, uch inson halok boʻlgan.

Xabarlarga koʻra, otishma ovozlari ham eshitilgan.

Shvetsiya politsiyasi bir necha inson jarohatlanganini tasdiqlagan.

Politsiya hodisaga terrorchilik xuruji sifatida qaramoqda.

Hodisa 7 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 15 larga yaqin roʻy bergan.

Hodisa guvohlarining matbuotga aytishlaricha, ular yuk mashinasi Drotninggatan koʻchasidagi savdo doʻkoniga qarab yurganini, yerda bir necha kishi yotganini koʻrganlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring