Trampning Suriyaga hujumi ortidan nima boʻladi?

Xitoy va AQSh liderlari Image copyright AFP
Image caption Xitoylik hamkasbi bilan uchrashgan Tramp AQSh kimyoviy hujumlarni javobsiz qoldirmasligini aytgan

Suriyadagi yaqinda qoʻllanilgan kimyoviy hujumga raketalar bilan javob bergan AQSh Prezidenti Donald Tramp oʻtmishdoshi Barak Obamadan qanchalik farq qilishini koʻrsatdi. Biroq Tramp bundan keyin nima qilish haqida bosh qotirganmi?

Obama 2013 yili Asad hukumati qizil chiziqni kesib oʻtdi, degandi. Lekin unga qarshi biror arzirli chora qoʻllay olmadi. Tramp boʻlsa oʻziga ittifoqchi izlamadi, Kongressdan ruxsat soʻramadi va qaroridan soʻng qanday oqibatlar boʻlishini oʻylab ham oʻtirmadi.

Floridadagi Mar-a-Lago koshonasida Xitoy Prezidenti Si Tszinpinni qabul qilgan Tramp, Suriya harbiy kuchlariga nisbatan havo zarbalari Idlibdagi kimyoviy hujumlarga javob boʻlganini aytdi. Unga koʻra, Suriyaning harakatlari barcha chegaralardan oʻtgan.

Amerikaning javobi Suriya tomonidan kimyoviy qurollar qoʻllanishi oqibatsiz qolmasligini koʻrsatgan.

AQSh harbiy kuchining yaqqol namoyon qilinishiga qaramasdan, Suriyada vaziyat oʻzgarishi savol ostida. 59 ta qanotli raketalar olti yildan beri davom etayotgan va hech kim toʻxtata olmayotgan Asad rejimining fuqarolik urushidagi uslublariga oʻzgartira olishi dargumon.

2013 yilgi Barak Obama bilan boʻlgan muzokaralardan soʻng u aksar kimyoviy qurol zahiralari omborini yoʻq qilganini aytgan boʻlsa-da, Asad rejimi taqiqlangan qurollarni hech qanday qiyinchiliklarsiz ishlatib kelmoqda.

Shu vaqtgacha tinch aholi va moʻʼtadil muxolifatga nisbatan xlor toʻldirilgan bochka bomba qoʻllanilib kelindi. Bu hujumlarning hammasi Rossiya va Eronning toʻliq qoʻllab-quvvatlovi ostida amalga oshmoqda.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
AQSh harbiy kemasidan Suriyaga qarab raketa otilmoqda

Amerika senatorlari Jon Makkeyn va Lindsi Grexem oʻsha vaqti Barak Obamaga qarorli boʻlib Suriya harbiy-havo kuchlarini butkul ishdan chiqarish taklifini berishdi.

Obama bu kabi keskin qaror olishdan qoʻrqdi. U Yaqin sharqdagi mojarolarga chuqur kirishishdan, Suriyadagi Amerika manfaatlarini IShID bilan kurashish orqali himoya qilishni afzal bildi.

Taqdir taqozosi bilan 2013 yili Suriyada harbiy amaliyotlarga qarshi boʻlgan Tramp qatʼiy qaror bera oldi. U amerikaliklar Prezidentni Suriya muammolarini emas, AQSh muammolarini yechish uchun saylashganini aytgandi.

Endi u Suriya boʻyicha masʼuliyat uning zimmasida ekanligini aytmoqda. Biroq Tramp namoyish qilgan qatʼiyatdan boshqa uning bundan soʻng nima qilish kerakligi borasida biror rejasi bor-yoʻqligi bizga maʼlum emas.

Image caption Kimyoviy hujum sodir boʻlgan Suriyaning shimoliy-gʻarbiy tumanlarini nazorat qilayotgan tomonlar