‘Hamma militsioner teatrga tushsin’

Милиция ходимлари Image copyright COURTESY

Qo'shni Tojikiston Ichki ishlar vaziri militsiya xodimlarining oyiga ikki marta teatrga borishlarini shart qilib qo'ygan.

Vazirlik Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Umarjoni Emomalining Bi-bi-si Rus Xizmati bilan suhbatida aytishicha, "bu - militsiya xodimlarining madaniy darajalarini oshirish va ularning ijobiy obrazlarini yaratish uchun muhim".

"Biz vazir bilan birga teatrga tushdik va bu hammamizga yoqdi. Keyin har hafta shunday qilishga qaror qildik", - deb aytgan u.

Muxbirimiz Anora Sarkorovaning xabar berishicha, militsiya xodimlari endi har dam olish kunlarida teatrga tushishadi.

Qiymati AQSh dollarida 1 dan 3 dollargacha tushuvchi chipta pulini ham ular o'zlarining yonlaridan to'lashlari kerak bo'ladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi bildirishidan ma'lum bo'lishicha, militsiya xodimlari teatrga o'z oila a'zolarini ham taklif etishlari mumkin bo'ladi. Ammo bu - ularning o'z ixtiyorlaridagi ish bo'ladi.

Ammo vazirlik militsiya xodimlarining aynan qaysi teatr va qanaqangi spektakllarga tushishlari tafsilotlarini berishdan bosh tortgan, faqat sahnalashtirilgan pesalarning Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida bo'lishi shartligini aytishgan.

Muxbirimizga ko'ra, teatrlar uchun bu kabi madaniy yurishlar nafaqat reklama, balki-da byudjetlari uchun salmoqli miqdordagi pul degani ham bo'ladi.

Tojik kinemotografiyasi kabi teatri ham jiddiy inqirozni boshidan kechirmoqda.

Mavjud vaziyat sabab, yosh akterlar teatrlarni tashlab ketishmoqda, spektakllar esa, yarim bo'sh zallarda o'tmoqda, deydi muxbirimiz Anora Sarkorova.

Eng so'nggida ta'kidlash joiz, bu - Tojikiston Ichki ishlar vazirligining ilk bor bunga o'xshash g'aroyib taklif bilan chiqishi emas.

Vazirlik yil boshida, agar, o'z ishlarini yo'qotmay deyishsa, og'ir vaznlikdan azob chekkan militsiya xodimlarining ozishlarini shart qilib qo'ygandi.