Oʻzbekistonning sobiq Bosh prokurori olamdan oʻtdi

Boʻritosh Mustafoyev Image copyright Dunyouzbeklari.com
Image caption Mustafoyevning bosh prokurorligi siyosiy muxoliflarga qarshi qatagʻonlar avjiga chiqqan paytga toʻgʻri kelgan

Oʻzbekiston Konstitutsion Sudi raisining oʻrinbosari Boʻritosh Mustafoyev 68 yoshida olamdan oʻtgan.

Konstitutsion Sudning rasmiy veb sahifasidagi xabarda Mustafoyev nimadan vafot etgani aytilmaydi.

Avvalroq qator mustaqil nashrlar uning yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgani va koma holatida ekani haqida xabar bergandi.

Boʻritosh Mustafoyev 1993-1998 yillarda Oʻzbekiston Bosh prokurori lavozimida ishlagan.

Uning prokuratura tizimiga rahbarligi mamlakatda siyosiy muxoliflarga qarshi qatagʻonlar avjiga chiqqan paytga toʻgʻri kelgan.

Shu yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev prokuratura "repressiv tizim"ga aylanganganini tan olgan va tizimda islohotlar qilishga chaqirgan.

Mustafoyev 2004-2005 yillarda Markaziy Saylov Komissiyasi rahbari, undan keyin esa, Oliy Sud raisi va Adliya vaziri lavozimlarida ham ishlagan.

U bir muddat marhum prezident Islom Karimovning huquq-tartibot idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

Hukumat uni "Shon-sharaf" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring