Turkmaniston 2025 yilgacha tamakidan butunlay qutiladimi?

Туркман чоллари сигарет қутиларини намойишкарона ёқмоқда

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatda kashandalikka butunlay barham berishga qaratilgan Milliy dasturni tasdiqlagan. Unga binoan yillar davomida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda nos va tamaki chekuvchi qolmaydi. 2025 yilgacha tamakidan holi davlat qurish rejalari oldin ham ma'lum qilingandi

Prezident Berdimuhamedov 2017-2021 yillarda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining "Tamaki mahsulotlari bilan kurashish" konvensiyasini amalga oshirish borasida Milliy dastur qabul qilgan. Bu haqda Interfaks agentligi Turkmaniston Davlat axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu dastur sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, tamaki iste'moli bilan kurashish, umr ko'rish yoshini uzaytirish va 2025 yilgacha Turkmanistonni tamakidan holi hududga aylantirish uchun samarali choralarni amalga oshirish uchun qabul qilingan.

Turkmaniston tamaki mahsulotlariga qarshi 2011 yildan beri faol kurashadi. O'shanda tamaki mahsulotlariga aksiz soliqlari keskin oshirilgandi. ikki yildan so'ng jamoat joylarda chekish rasman taqiqlandi. Aholidan sigaret va nos chekishni tashlash qat'iy so'ray boshlandi.

Shundan so'ng turkman do'konlari va bozorlaridan sigaretlar g'oyib bo'ldi. Bir quti sigaret narxi 13 dollarga chiqib ketdi. Sog'liq xavfsizligini saqlash xizmati Ashxobod bozorlarida tez-tez tamakiga qarshi reydlar o'tkazib turadi.

Sigaret sotayotgan sotuvchilarga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida (5900 manat yoki 1680 dollar) jarimaga tortiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov, sobiq tish do'xtiri shifokori, aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilb keladi. Mahalliy telekanallarda uning sport turlari bilan shug'ullanayotganini tez-tez namoyish qilib turiladi.

2013 yilning aprel oyida Xalqaro jurnalisitlar ishtirokidagi ana shunday namoyishlarning birida Prezident Berdimuhamedov otdan yiqilib tushgan edi.

Jahonning eng repressiv davlati

Bu kampaniyaga bosh-qosh bo'layotgan Turkmaniston prezidenti jahondagi eng repressiv davlat rahbarlaridan biridir. U o'zgacha fikrlashga toqat qilmaydi.

Prezident Berdimuhammedova rahbarligi ostida mamlakatda inson huquqlari vaziyati jahondagi eng abgorlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Lekin hozirda o'z mamlakatini tamakidan holi, deya e'lon qilish harakatiga tushgan ekan, Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti uning rejalarini qo'llamoqda.

Unga hatto chekishni kamaytirgani uchun mukofot berilgan.

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari bilan mukofotni ushlab tushgan prezidentning rasmi Turkmaniston xalqaro andazalarga mos mamlakat, degan tasavvurni yaratishga xizmat qilmoqda.

Turkmaniston prezidenti aynan ana shunday nom va obro' orttirish niyatida.

U mamlakatidagi inson huquqlari vaziyatining savol ostiga olinishini yoqtirmaydi, qamoqxonlarda yo'q bo'lib ketgan hukumat tanqidchilari haqida so'z yuritilishini istamaydi.

Nima uchun prezident umrbod bo'lishi kerakligi haqidagi savol ko'tarilishini ham xohlamaydi.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq