Rossiyada o‘zbek tadbirkor ayoliga osonmi?

Image copyright BBCuzbek

"Agar bu ish sizga yoqsa, oson bo'lsa kerak. Men shunaqa hayotga o'rgandim. Shunaqa hayot yoqadi", deydi o'zbekistonlik tadbirkor Barno Tursunova.

Barno Tursunova - Rossiyada, odatda erkaklarniki sanalgan biznesni muvaffaqiyat bilan yuritmoqda.

Barno va uning turmush o'rtog'i Sherzod Tursunov asos solgan "Vilgud" shirkati bugunda o'ta tez o'sayotgan avtoservislar tarmog'i hisoblanadi.

(Videosuhbatni BBCUZBEK ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling)

"Toshkentda tug'ilganman. Toshkent davlat universiteti Fizika fakultetini tugatganman. U yerda yashagan paytimiz uy bekasi bo'lganman..." deydi Barno.

"Qanday qilib tadbirkor bo'ldim?"

Image copyright courtesy
Image caption Barno turmush o'rtog'i Sherzod Tursunov bilan

"Tadbirkor ayolga aylanishim turmush o'rtog'im tufayli, bitta o'zim bo'lganimda bu qadar muvaffaqiyat qozona olmasdim", deydi Barno.

Barno va Sherzod Tursunovlar 2001 yil Rossiyaga kelishgan va biznesni gulqog'ozlar sotishdan boshlashgan.

"Bozorda bitta nuqta ochganmiz. U yerda savdo bilan shug'ullanishim kerak bo'lgan, chunki biznesda ikki kishi bo'lganmiz - xo'jayinim va men. U mol sotib olib kelish... ham haydovchi, ham hisobchi edi, men esa savdo qilganman. Va o'sha paytda sotishga ustaligim bilinib qolgan. Xo'jayinim buni ko'rib, mendagi ushbu qobiliyatni rivojlantirishga harakat qilganlar. O'qitganlar va o'sishimga sharoit yaratib berganlar", deya qo'shimcha qiladi u.

2011 yilga kelib esa, Tursunovlar biznesning boshqa bir qirrasida o'zlarini sinab ko'rishga qaror qiladilar.

"Sherzod akam mijozlarga yaqin, yuzma-yuz ishlaydigan biznes qilishni xohlaganlar... o'suvchi va inqirozga bardoshli sohani izlaganlar... va bu avtoservis bo'lgan".

"Shirkatimiz hozir ikkiga bo'linadi. Bir qismi savdo qiladi, ikkinchisi ishlab chiqarishga asoslangan. Mahsulot ishlab chiqaruvchi qismini xo'jayinim, savdo tarmog'ini men boshqaraman", deydi Barno.

Ayni paytda Rossiyada tadbirkor ayol bo'lish qanchalar oson yoki qiyin? Barno Tursunova BBCUZBEK ning shu va boshqa qator savollariga javob bergan.

Videosuhbatni BBCUZBEK ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishniistasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio