Sankt-Peterburgdagi portlash qurbonlari soni ortdi

Image copyright AFP

Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel kuni ro'y bergan portlash oqibatida nobud bo'lganlar soni ortg

Shahardagi kasalxonada bo'lgan ayolning joni uzilgani xabar qilinadi. Bu bilan hodisa qurbonlari soni xudkush hujumchi doxil 16 nafarga yetgan.

"Juma kuni tongda og'ir ahvolda qolayotgan 57 yoshli ayol vafot etdi. U metroda ro'y bergan teraktdan jarohatlanganlar qatorida edi", deb yozgan shahar vitse-gubernatori Anna Mityanina o'zining Twitter sahifasida.

3 aprel kuni Peterburgning "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut" orasida harakatda bo'lgan metro vagonida portlash ro'y bergan edi.

Oradan ko'p o'tmay, "Ploщad Vosstaniya" bekatida qo'lbola portlovchi uskuna ham topilgani xabar qilindi.

Rossiya Tergov qo'mitasiga ko'ra, ayni "terakt" tashkilotchisi Qirg'izistonda tavallud topgan, ammo Rossiya fuqarosi 22 yoshli Akbarjon Jalilov bo'lgan.

Tergov davomida yana o'n kishi hibsga olingani va ularning bari Markaziy Osiyo davlatlaridan ekani aytiladi.

20 aprelda esa Moskva Basmannыy sudi Akram Azimovni hibsga olgan.

U yana taxminlarga ko'ra, Sankt-Peterburgdagi metro portlashi tashkilotchisi deb aytilayotgan Abror Azimovning akasidir.

'O'g'irlab ketilgan'

1988 yilda tug'ilgan Akram Azimovning yaqinlariga ko'ra, u Qirg'izistonda Rossiyaga topshirish maqsadida qo'lga olingan.

Gumondorning onasi katta o'g'li shifoxonadan o'g'irlab ketilganini aytgan.

Vazira Azimovaning Interfaks agentligiga aytishicha, o'g'li Akram 14 aprel kuni O'shdagi kasalxonada jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan, ammo ertasi kuni huquq-tartibot xodimlari uni shifoxonadan qo'liga kishan solib olib ketishgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradioan.