IShID rahbarlaridan Abdurahmon O‘zbekiy yo‘q qilindi

Абдураҳмон Ўзбекий Бағдодийнинг ёрдамчиларидан бўлган
Image caption Abdurahmon O'zbekiy Bag'dodiyning yordamchilaridan bo'lgan

AQSh harbiylari yerda o'tkazilgan maxfiy harbiy amaliyot chog'ida IShID rahbari Abu Bakr al Bag'dodiyning yordamchisi Abdurahmon O'zbekiyning o'ldirilganini aytmoqda. Uning Istanbuldagi 39 kishining o'limiga sabab bo'lgan tungi klub hujumi tashkilotchisi va O'zbekiston fuqarosi ekanligiga ishoniladi.

Abdurahmon O'zbekiy Suriyaning sharqidagi Frot daryosi qirg'og'idagi Mayadin shahri yaqinida 6 aprel kuni AQSh harbiylaridan tomonidan o'tkazilgan harbiy amaliyot chog'ida o'ldirilgan. Bu haqda AQSh Markaziy qo'mondonligi matbuot kotibi Jon Tomas ma'lum qilgan.

"Bu yerda o'tkazilgan amaliyot edi. Uning Istanbuldagi hujumga aloqasi borligini bilamiz", degan u.

Suriyada AQSh maxsus kuchlarining 500 askari xizmat qiladi. Ularning aksari IShID bilan urushayotgan kurd, arab jangchilariga harbiy masalahat va yordam beradi. Ayrim holatlarda ularning o'zlari ham maxsus amaliyotlarda qatnashib turadi.

Harbiylar o'ldirilgan jangarining shaxsini aniqlashgan va uning IShID rahbari Abu Bakr al Bag'dodiyga yaqin bo'lgan Abdurahmon O'zbekiy ekanlingini aytishgan.

Ularning aytishicha, O'zbekiy IShIDni muvofiqlashtirishda yordam bergan va xorijiy jangarilar guruhlarini moliyalashtirgan. Uning shu yilning 1 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Reyna tungi klubiga uyushtirilgan hujum ortida turgani aytiladi.

2017 yilning 1 yanvar kuni Istanbulda 39 kishini otib o'ldirishda gumonlanayotgan Abdulqodir Masharipov O'zbekiston fuqarosi ekanligi aytiladi.

"Islomiy davlat" ekstremistik guruhi tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, "xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan".

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМ каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio