Britaniya partiyasi burqani taqiqlamoqchi

бурқа Image copyright Getty Images

Britaniyaning "Mustaqillik partiyasi" (UKIP) burqalarga taqiq qo'yilishi talab qilmoqda. Partiya musulmon ayollarning jamoat joylarda yuzini to'sishini taqiqlashni saylovoldi dasturiga asosiy masala sifatida kiritgan. Britaniyada musulmon ayollarning yuzini niqob va burqa bilan yopib yurishi qonunan taqiqlanmagan.

Mamlakatda iyun oyida muddatidan oldin parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Britaninyang Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun o'tkazilgan referendumda asosiy rollardan birini o'ynagan UKIP partiyasi muhojirlarga nisbatan keskin qarashlari bilan mashhur.

Dushanba kuni UKIP yetakchisi Pol Nattol partiyasining yangi saylov oldi dasturini e'lon qiladi. Unda Britaniya hududida shariat qonunlarini taqiqlash taklifi ham o'rin oladi.

Bundan tashqari partiya ayollarni xatna qilish holatlari ro'y bergan taqdirda, undan boxabar bo'lgan zahoti, zudlik bilan politsiyaga xabar berishni majburiy qilish to'g'risida qonun qabul qilinishini taklif qilmoqda.

UKIPning oldingi yetakchisi Neyjel Faradj 2010 yili burqani taqiqlashni taklif qilgandi. Biroq uning taklifi partiya tomonidan qo'llab quvvatlanmagan. Taklif 2015 yilgi parlament saylovlari arafasida partiya dasturiga kiritilmagan.

Britaniyada muddatidan oldin saylovlar 8 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Ayollarning yuzini butkul to'sib turuvchi burqa Yevropaning Fransiya, Belgiya va Bolgariya davlatlarida qonunan taqiqlangan. Ayrim davlatlarda qisman cheklovlar kiritilgan.

  • O'zbekistonning qo'shnisi Qozog'istonda ham burqani taqiqlash borasida qonun loyihasi ishlab chiqarilayotgani bildirilgan.
  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAM kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq