Mirziyoev-Inoyatov qudrat tandemi. Azimov qaerda?

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Image copyright Reuters

Reuters axborot agentligining O'zbekiston hukumatidagi manbalarga iqtibosan xabar berishicha, Islom Karimov o'limidan so'ng Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoev amalda qudratni yana ikki shaxs, Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov va MXX rahbari Rustam Inoyatov bilan "bo'lishardi".

Lekin manbalarning aytishicha, G'arb tomonidan islohotchi sifatida ko'rilgan Rustam Azimov hozirda "chetga chiqarilmoqda".

Reuters: "Bu Markaziy Osiyoning aholisi eng ko'p mamlakat boshqaruvida asosan ikki shaxsni qoldirib, qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish ehtimolini tug'diradi".

"Lekin qudratda qolayotgan ikki shaxs o'rtasidagi tanglik ham saqlanib qolmoqda".

Reuters manbalariga ko'ra, Mirziyoev o'zini islohotchi qilib ko'rsatishni istaydi.

Lekin o'ta ehtiyotkor Inoyatov iqtisodiy va valyuta erkinligi kabi nisbatan keskin islohotlarga qarshi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Mirziyoev-Inoyatov qudrat tandemi. Azimov qaerda?

Aytilishicha, Karimov davrida anchayin ta'sir va qudratga ega bo'lgan Rustam Azimov rasmiy maqomlari o'zgarib, ta'siri ham kamaymoq

Manbalarga ko'ra, Mirziyoev o'z atrofida iqtisodiy islohotlar uchun mas'ul yangi jamoani tuzib, "Azimovniki" deb ko'rilgan sohani egallamoqda.

Azimovga esa shaxsiy xo'jaliklarni tovuq va limon daraxti bilan ta'minlash kabi "jo'nroq" vazifalar yuklanmoqda.

Islohotlar va xorijiy sarmoyalarni jalb etuvchi asosiy shaxs sifatida esa Sodiq Safoev tanlangan.

Manba: 63 yoshli Sodiq Safoev amalda Mirziyovning tashqi ishlar masalalari bo'yicha asosiy maslahatchisi bo'lib qolmoqda.

Reuters: O'zbekiston hukumati va Sodiq Safoev ofisi ayni masalada sharh berishdan bosh tortishgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq