Yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi

Зафарободда нефтни қайта ишлаш заводи тамал тошини қўйиш Image copyright Facebook/Mirziyoyev

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yangi neftni qayta ishlash zavodining tamal toshini qo'yish tantanali marosimida qatnashgan.

O'zbekistonning uchinchi neftni qayta ishlash zavodi Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi "Chimqo'rg'on" qishlog'i yaqinida barpo etiladi.

Davlat axborot agentligi O'zAning xabar qilishicha, Jizzax Neftni qayta ishlash majmuasining qiymati 2 milliard 200 million AQSh dollariga baholanmoqda.

Bu erda bir yilda 5 million tonna neft xomashyosini qayta ishlash mumkin bo'ladi.

O'zA xabariga ko'ra, Jizzax zavodiga neft "yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali etkazib kelinadi".

Image copyright Facebook/Mirziyoyev

Bu Prezident Mirziyoevning Qozog'iston va Rossiya davlat safarlaridagi muvaffaqiyatli muzokaralari natijasi ekani aytilmoqda.

Neft Qozog'iston chegarasidan Jizzax zavodigacha 95 kilometr masofada quvur orqali etkaziladi.

Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi zavodning o'zida 2000, sohaga aloqador va xizmat ko'rsatish tarmoqlarida qo'shimcha 14 mingdan ortiq o'zbekistonlikni ish bilan ta'minlashi xabar qilinmoqda.

Majmuada aviatsiya kerosini, avtomobil yoqilg'ilari, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Hozirgi paytda O'zbekiston ikki neftni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda.

Farg'ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarining quvvatlari O'zbekistonning yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish va eksportga mahsulot chiqarish uchun etarli ekani xabar qilinadi.

Ammo mamlakatda har yili bir necha marta yoqilg'i taqchilligi kuzatiladi, shoxobchalarda uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelib, yoqilg'i chayqovchilari benzin narxini oshirib yuboradilar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring