Rossiya josuslik kemasi Turkiya sohilida cho'kib ketgan

"Liman" 2016 yili oktyabrida Bosfor bo'g'ozidan o'tayotgan paytda ko'zga tashlangan edi.(file image from 21 October 2016) Image copyright Reuters
Image caption "Liman" 2016 yili oktyabrida Bosfor bo'g'ozidan o'tayotgan paytda ko'zga tashlangan edi.

Turkiya sohil rasmiylarining xabar qilishlaricha, Rossiyaning josuslik kemasi boshqa bir yuk kemasi bilan to'qnashib ketgani ortidan cho'kib ketgan, kemaning barcha ekipaj a'zolari qutqarilgan.

Rossiya Qora Dengiz Harbiy floti tarkibidagi "Liman" kemasi to'qnashgani hodisasini tasdiqlagan, ekipaj a'zolari kemani suv ustida saqlab qolish uchun kurashayotganlari haqida xabar tarqatgan.

To'qnashuv sababi aniq emas, biroq o'sha paytda dengizda qattiq tuman kuzatilgan.

Turkiya matbuoti xabarlariga ko'ra, ikkinchi kema Togo bayrog'i ostida kundalik ehtiyoj mollarini ortib ketayotgan yuk kemasi bo'lgan.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedevga telefon orqali qo'ng'iroq qilib o'zining qayg'usini izhor etgan, deya Turkiya bosh vaziri idorasidagi manbadan iqtibos keltiradi Reyter axborot agentligi.

Rossiya Harbiy-dengiz floti kemalari O'ra Er dengizi, xususan, Suriya sohillariga etib olish maqsadida Bosfor bo'g'ozidan foydalanadilar.

Ikki kema to'qnashuvi Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kilyos shahridan 29 kilometr uzoqlikda mahalliy vaqt bilan 14:48 da ro'y berg

To'qnashuv oqibatida Youzarsif H yuk kemasiga kichik shikast etgani xabar qilinmoqda.

Rus tilidagi kchf.ru veb-saytiga ko'ra, "Liman" istihborot kemasi bo'lgan.

U 1970 yili Polshaning Gdansk shahridagi zavodda yasalgan va 1974 yili SSSR harbiy-dengiz floti tarkibiga qo'shilgan.

"Liman" Rossiya anneksiya qilgan Qrimdagi Sevastopol shahrida joylashgan va Suriyaning Tartus bandargohiga o'nlab yillar davomida muntazam qatnab turgan.

1999 yili "Liman" kemasi O'rta Er dengiziga NATOning Yugoslaviyaga qarshi harbiy amaliyotlarini kuzatish maqsadida yuborilgani xalqaro ommaviy axborot vositalarining e'tiborini jalb qilgan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq