Londondagi reydda bir qiz yaralangan

Hibs

London politsiyasi payshanba kuni terrorizmda gumon qilingan shaxslarning uyiga uyushtirgan reyd payti 20 yashar qizni otib jarohatlagan.

Shu kuni Britaniya parlamenti yaqinida ryukzagida bir necha pichoq bo'lgan shaxs hibsga olingan, biroq politsiya ushbu ikki hodisaning bir-biriga aloqasi yo'qligi haqida bayonot tarqatgan.

27 aprel kechga yaqin London shimoli-g'arbidagi Xarlesden roud ko'chasidagi xonadonga va Kent grafligida reydlar uyushtirilgan.

Aksilterror amaliyoti natijasida besh kishi hibsga olingan.

Xabar qilinishicha, Xarlesden roud ko'chasidagi uyga politsiya reydi payti yoshi 20 da bo'lgan qiz o'qotar quroldan yaralangan.

Guvohlar besh marta o'q otilgani ovozini eshitganlarini aytganlar.

Skotlend-yard xabar berishicha, «Tez yordam» chaqirilgan va yarador qiz shifoxonaga yotqizilgan.

Uning ahvoli og'ir, lekin barqaror deb baholanmoqda.

Xarlesden rouddagi uyda ikki erkak va bir qiz ham qo'lga olingani, erkaklarning biri 20, ikkinchisining 16 yoshda ekani, qiz esa 20 yoshda ekani xabar qilinmoqda.

Ushbu amaliyot doirasida Kent grafligida ham 43 yoshli ayol hibs qilingan.

Qo'lga olingan to'rt shaxsning ismi-shariflari va qaysi millatga mansub ekanliklari hozircha xabar qilinmayapti.

Image copyright Getty Images
Image caption Politsiya Vestminster yaqinida pichoqlar bilan qo'lga olingan shaxs va Uillesdendagi hibslarning o'zaro bir-biriga bog'liqligi yo'qligini xabar qilgan.

Ularning terrorchilik xurujiga gijgijlash va tayyorgarlik ko'rishda gumon qilinayotganlari va London janubidagi politsiya idorasida ushlab turilganlari aytilmoq

Skotlend-yardga ko'ra, Xarlesden roud ko'chasidagi uy va u erda hibsga olingan shaxslar ma'lum bir vaqtdan buyon terrorizmga qarshi kurash idorasi kuzatuvi ostida bo'lgan.

Politsiya Vestminster yaqinida pichoqlar bilan qo'lga olingan shaxs va Uillesdendagi hibslarning o'zaro bir-biriga bog'liqligi yo'qligini xabar qilgan.

Shu yilning 22 mart kuni Britaniya fuqarosi Xolid Ma'sud deb xabar qilingan shaxs avtomobilini Vestminster ko'prigida piyodalar ustiga haydagan, so'ng avtomobilini Britaniya parlamenti panjarasiga borib urgan.

Ko'prikda to'rt inson halok bo'lgan va ko'p kishilar jarohatlangan.

Pichoq bilan qurollangan hujumchi parlament binosi tomon yugurgan, ammo politsiya uning yo'lini to'sishga uringan.

Qurollanmagan politsiya zobiti Kiyt Palmer pichoqlangan va o'ldirilgan.

Qurolli politsiyachilar parlamentga kirishga uringan hujumchini otib o'ldirganlar.

Ushbu hujum ortidan London va Birmingemda uch ayol va besh erkak hibsga olingan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring