Toshkentda "O'lmas polk" tadbiri bo'lmaydi

"Ўлмас полк" ташкилотчилари эълони Image copyright mypolk.ru

Ilk bor Rossiyada tashkillashtirilgan va keyingi yillarda boshqa mamlakatlarda ham ommalashib borayotgan "O'lmas polk" xotira tadbiri 9-may kuni O'zbekistonda o'tkazilmaydi.

Buning sababi dunyodagi notinch vaziyat ekani aytilgan.

"O'lmas polk" aktsiyasi tashkilotchilarining rasmiy veb-sayti mypolk.ru shunday e'lon bergan:

"Qadrli o'zbekistonliklar! Butun dunyodagi murakkab siyosiy vaziyat tufayli bu yil "O'lmas polk" yurishi o'tkazilmaydi. Bu bizning hukumatimizning to'g'ri qarori deb hisoblaymiz, chunki bizga ikkinchi Piter(Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metrosidagi 3-apreldagi portlash nazarda tutilgan - tahririyat) kerak emas".

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, "O'lmas polk" aktsiyasi o'tkazilishiga O'zbekiston hukumati ruxsat bermagan.

Image copyright RIA NOVOSTI

Aktsiya tashkilotchilaridan Sergey Lapenkovning aytishicha, ilk bor 2016 yili O'zbekiston hududida "O'lmas polk" tadbiri tashkillashtirilgan, ammo u rasmiy mavqega ega bo'lmagan.

Bu yil O'zbekistondagi "O'lmas polk" aktsiya ishtirokchilari Toshkentda "Veteran" tashkiloti bilan kelishgan holda ko'rgazma uyushtirishni, Motamsaro Ona haykali poyiga gul qo'yish, urush faxriylarini tabriklash va kontsert tashkillashtirishni rejalaganlari xabar qilingan.

mypolk.ru veb-sayti Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 401 urush faxriysining manzillari haqida ma'lumotga ega ekanliklarini bildirgan.

1941-1945 yilgi urushda ishtirok etgan qarindoshlarining fotosuratlarini ko'tarib yurish uyushtirish birinchi marta 2012 yil 9-may kuni Rossiyaning Tomsk shahrida kuzatilgan edi.

Image copyright RIA NOVOSTI

Keyingi yillarda bu aktsiya yanada ommalashdi, o'tgan yili London shahrida ham o'tkazildi.

2015 yili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham urushda qatnashgan otasining fotosurati bilan Moskvaning Qizil Maydonidagi aktsiyada qatnashgan, bundan keyin ham ishtirok etish niyatida ekani haqida aytgan edi.

O'sha yili butun dunyoda 12 milliondan ortiq odam Ikkinchi Jahon urushida halok bo'lgan ajdodining suratini ko'tarib "O'lmas polk" xotira tadbirida qatnashgani xabar qilingan.

SSSR zamonida 9-may G'alaba kuni sifatida bayram qilingan.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bayram nomi o'zgartirildi.

Marhum prezident Islom Karimov taklifi bilan 9-mayga Xotira va Qadrlash kuni deb nom berildi.

Uzoq yillar davomida O'zbekiston shahar va qishloqlarida 9-may harbiy parad sifatida bayram qilingan va bugungi kunda ham qator mamlakatlar, xususan, Rossiyada harbiy qudratni namoyish etish bayrami sifatida nishonlanadi.

O'zbekistonda esa harbiy parad va salyutlardan voz kechilgan, 9-may o'z vatanini himoya qilib halok bo'lgan insonlarni xotirlash va tiriklarga izzat-hurmat ko'rsatish kuni sifatida nishonlangan.

2012 yildan Rossiyada 9 may arafasida Georgiy lentasini tarqatish ham ommalasha boshladi.

O'zbekistonlik ziyolilar esa Georgiy tasmasining Ikkinchi Jahon urushida nemis fashistlari ustidan qozonilgan g'alabaning emas, XIX asrda Markaziy Osiyoni bosib olgan Chor Rossiyasi bosqinchilari ramzi ekaniga e'tibor qaratdilar.

Image copyright FACEBOOK

Ular Ukraina sharqida rossiyaparast kuchlar o'zlarini mustaqil respublikalar deb e'lon qilganlaridan keyin Georgiy lentasi ahamiyati ortganini urg'uladilar va O'zbekistonda bu tasma tarqatilishiga qarshi chiqdil

Bu yil qora-norinj rangidagi Georgiy tasmasi emas, O'zbekiston bayrog'idagi moviy-oq-yashil rangdagi lentalarni tag'ib qilish boshlangan.

Georgiy lentasimi va yo O'zbekiston bayrog'i?

Bu yil O'zbekistonda 9 may kuni Toshkentda mushak otishga qaror qilingan.

Shu kunlarda esa Toshkent shahri ko'chalarida Ikkinchi Jahon urushi yillarida foydalanilgan avtomobillarda o'sha payt harbiy kiyimidagi askarlar o'tayotganlarini ko'rish mumkin bo'lgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq