Ayol ulamolar fatvosi: qizlarni erta turmushga bermang!

Индонезия Image copyright BBC INDONESIA
Image caption Индонезиядаги анжуманда дунёнинг қатор мусулмон мамлакатларидан аёл уламолар иштирок этганлар.

Ayol ulamolar kongressi 18 yoshga to'lmagan qizlarni turmushga uzatishni taqiqlash to'g'risida fatvo chiqargan.

Indoneziyaning Chirebon shahrida qator musulmon mamlakatlardagi imom ayollarning uch kunlik anjumani bo'lib o'tgan.

Anjuman yakunida ishtirokchilar Indoneziya hukumatiga murojaat bilan chiqqanlar va qizlarning turmushga chiqish yoshini 16 dan 18 ga ko'tarishni so'raganlar.

Ulamo ayollar erta turmush qurish indoneziyalik qizlarning ta'lim olishni davom ettirishlariga xalaqit qilayapti, deb ishonadilar.

Mamlakatda nikohlarning yarmi ajralish bilan tugayotgan ekan.

Fatvo - nufuzli Islom ulamolarining muayyan masala bo'yicha chiqaradigan islomiy huquqqa asoslangan qarori hisoblanadi.

Fatvo yuridik kuchga ega bo'lmasa-da, taqvodor musulmonlarga unga amal qiladilar.

Odatda Indoneziyada ham fatvoni diniy ulamolar kengashi chiqaradi.

Ayol ulamolar kongressida jinsiy tegajog'lik va atrof-muhitga zarar etkazishga qarshi ham fatvolar chiqarilgan.

Indoneziya - dunyodagi aholisining aksar qismi Islomga e'tiqod qiladigan mamlakat hisoblanadi.

2015 yili Indoneziya aholisining soni 257 milliondan ortiqni tashkil qilgan.

2010 yildagi aholini ro'yxatga olish payti har 10 kishidan 9 nafari o'zining musulmon ekanini ma'lum qilgan.

Shuningdek, voyaga etmagan qizlarni turmushga uzatish soni bo'yicha ham Indoneziya dunyodagi etakchilardan hisoblanadi.

UNISEF hisob-kitoblariga ko'ra, mamlakatdagi har to'rt ayoldan bittasi hali 18 yoshga to'lmasdan turib oila qurgan.

Chirebondagi anjuman dunyo musulmon imomlarining ilk yirik yig'ilishi bo'lgan.

Islom ayol kishiga diniy olima bo'lishni taqiqlamaydi, biroq aksar mazhablarda ayolning masjid imomi bo'lishiga ruxsat etilmaydi.

UNESCO hisob-kitoblariga ko'ra, Indoneziyada ayollarning savodxonligi 90 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Bu aholisining aksarini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar orasida eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir.

2001 yildan 2004 yilgacha Indoneziya tarixida ilk bor prezidentlik lavozimini ayol kishi - Megavati Sukarnoputri egalladi.

U mustaqil Indoneziyaga asos solgan birinchi prezident Sukarnoning qizidir.

Indoneziya qonunlari bo'yicha parlament sayloviga ilgari surilgan nomzodlarning kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozim.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring