Avstriya Prezidenti hammaga hijob o‘ratmoqchi

полиция

Avstriya Prezidenti tahdidli Islomofobiya davom etaversa musulmon ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida barcha ayollarni hijob o'rashga chaqirishga to'g'ri kelishini aytgan. Aleksandr Van der Bellen qanday kiyinishni tanlash har bir ayolning shaxsiy huquqi ekanligini ta'kidlagan.

So'l qarashli Yashillar partiyasi sobiq yetakchisi Van der Bellen shu yilning yanvar oyida saylovlarda g'alaba qozonib hukumat tepasiga kelgan. U maktab o'quvchilari bilan uchrashuvda ayollarning kiyinishi borasida ham to'xtatalib o'tgan.

Uchrashuvda bir o'quvchi qiz hijob va burqalarni taqiqlash ayollarning biror narsaga erishishidan ko'ra, uydan chiqmasligiga sabab bo'lishi va mehnat bozoriga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi borasida fikr bildirib, Prezident munosabatini so'ragan.

"Qanday kiyinishni hal qilish har bir ayolning shaxsiy huquqidir. Faqat musulmon ayollar emas, boshqa ayollar ham hijob o'rashi mumkin. Agar hozir bo'layotgan tahdidli Islomofobiya davom etaversa, biz barcha ayollardan diniy e'tiqodi sabab o'ranib yuradigan ayollarga hamfikrlikni ko'rsatish uchun hijob o'rashni so'raydigan kun kelishi mumkin", - degan u.

Prezident bu gaplarni mart oyida gapirgan, ammo Germaniyada burqaga qo'yilgan qisman taqiqlar ortidan yuzaga kelgan tele-debat vaqti Avstriya televideniyesi orqali shu kunlarda namoyish qilingan.

Germaniya parlamenti Bundestag davlat idoralari xodimalariga yuzini to'liq yopadigan niqob yoki paranjidan foydalanishni taqiqlaydigan qonun loyihasini ma'qullagan.

Bundan keyin Germaniyada davlat idoralarida ishlaydigan xizmatchilar, hakamlar va harbiylarning o'z xizmat joyida niqob yoki paranji bilan yuzlarini yopishlari man etiladi.

Oldinroq Britaniyaning UKIP partiyasi o'zining saylov oldi dasturiga mamlakatdagi musulmon ayolllarga burqani taqiqlashni asosiy masala sifatida kiritganini ma'lum qilgan edi.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМ каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq