Shvetsiya: masjidga atayin o't qo'yildimi?

Масжид ўт қўйилганидан кейин Image copyright Reuters

Shvetsiya politsiyasi poytaxt Stokgolm tashqarisidagi shialar masjidiga atayin o't qo'yilganmi yoki yo'qligini tekshirishni boshlagan.

Stokgolm chetidagi Jarfalla degan joydagi masjidda yong'in 30-apreldan 1-mayga o'tar kechasi ro'y bergan.

Yong'in oqibatida binoning fasadi va tomiga shikast etgan.

Politsiyaga ko'ra, yong'in hech kimga zarar etkazmagan.

"Yong'in joyi o'rab olindi va sud-ekspertiza tekshirishi boshlangan", deb xabar qilgan politsiya.

Shvetsiya rasmiylari bu o'zbekistonlik boshpana izlovchi Rahmat Oqilov sodir etgan jinoyat uchun o'ch olish amali ham bo'lishi mumkinligini istisno etmaydilar.

7 aprel kuni Stokgolm markazida yuk mashinasini piyodalar ustiga haydagan 39 yoshli Rahmat Oqilov o'ziga qo'yilgan aybni tan oldi.

Oqibatda besh inson hayotdan ko'z yumgan.

Hozir Oqilov ustidan tergov davom etmoqda.

Ayni paytda Shvetsiya rasmiylari bundan oldin mamlakatdagi shialarga hujumda IShID qo'li bo'lganini ham eslatishadi.

O'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan sunniy musulmonlar guruhi dunyoning ko'plab mamlakatlarida shia musulmonlariga hujumlar uchun mas'uliyatni zimmasiga olgan.

O'tgan yili Shvetsiya janubidagi Malmo shahridagi shialarning kichik masjidida ro'y bergan yong'in uchun ham IShID mas'ulligini da'vo qilib chiqqan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq