O‘zbekistonda bahor - to‘y-hasham fasli

Image copyright BBCUZBEK
Image caption O'zbekiston

O'zbekistonda bahor - to'ylar mavsumi ham edi, go'yo...

Poytaxt Toshkentning Amir Temur xiyoboni gavjum. Oppoq libos kiygan kelinchak sohibqiron haykali poyida rasmga tushadi.

Keyin u Temurning ot choptirayotgan bronza haykalidan uzoqlashar ekan, o'rnini boshqa bir kelin egallaydi.

Barq urib gullayotgan magnoliya ostida ham shunday manzara.

Oradan biroz vaqt o'tib, men Toshkentdan 900 chaqirimcha uzoqqa - Xorazm vohasiga bordim... Xivaning Juma masjidi go'zalligi meni maftun etdi.

Image copyright BBCuzbek
Image caption Maftunkor Xiva

Masjidning naqshinkor ustunlari yuz yillarki qad rostlab turishibdi.

Tom ma'nodagi sehrli bir manzara...

Bu go'zal tushdan meni kelinlik libosi shitirlashi uyg'otadi.

Kichik jussali, yoshi 20ga yetib-yetmagan, astoydil bo'yanib olgan kelinchak o'ziga katta libosda paydo bo'ladi.

Moviy kostyum-shimdagi, shaxdam odimlayotgan kuyov esa yosh bolaga o'xshaydi...

U anchayin asabiy ko'rinadi. Kelin bilan qo'l ushlashgancha naqshinkor ustunlar oralab yurishadi.

Sal narida yana bir kelin paydo bo'ladi.

Image copyright BBCUZBEK
Image caption Juma masjidi

Келинни Франциядан келган сайёҳлар қуршаб олишади. Дарров у билан суратга туша бошлайдилар.

Kelinchak ham qarshilik qilmaydi, qaytaga ikki bukilib salom ham beradi.

Sayyohlar esa bu ertaknamo shahardagi yodgorliklar ichida u yerda yashaydigan insonlar, ayniqsa, kelinlar bilan suratga tushishdan baxtiyor...

O'zbekistondagi oilalarda qiz bola tug'ilishi bilan sepu sandiq taxlash, turfa taqinchoqlar yig'ish jarayoni boshlanadi.

To'y kuni kelinchak bularning barini yangi xonadoniga olib ketadi.

Men do'stim Abdu bilan to'ylar va turmushga chiqishning o'ziga xos poygasi haqida suhbatlashaman.

Uning aytishicha, to'ylar va turmush qurish bugun zamonaviy tus olgan, dunyoviy qonunlar bilan himoyalangan, shunga qaramay, eski an'analarning ham o'z o'rni bor.

"Aksariyat may oyida turmush qurishni istamaydi, bu oyda to'y bo'lgan juftlar bepusht bo'lishiga ishoniladi", deydi u.

"Keyin, albatta, diniy rasm-rusumlarimiz ham bor, masalan, Ramazon oyida hech qanday to'y o'tmaydi".

Qur'on Karimda Ramazon oyi nikoh bo'lmasligiga oid hech narsa yo'q, ammo kun davomida ro'za tutish, dasturxonga aroq tortishdan ko'pchilik istihola qiladi.

O'zbekistonda alkogol ichimliklar taqiqlanmagan va aksar to'ylarda ular dasturxon to'ridan joy oladi.

Abduning aytishicha, aksariyat to'ydan keyin asal oyini uyda o'tkazadi.

Faqat juda badavlat juftlargina Dubay va yo Turkiyaga sayohat qilishi mumkin.

An'anaga ko'ra, qosh qorayganda yangi turmush qurgan kelin-kuyov ko'chada yurmasligi kerak.

Qirq kungacha bu o'ziga xos cheklov davom etadi.

Image copyright BBCUZBEK
Image caption Afsonaviy Samarqand

Mehmonxonaning muhtasham qilib yasatilgan shiftlari, qimmatbaho qandillari va go'zal gulbog'chasi barchasi suratkashni jalb eta

Xiyol vaqt o'tar-o'tmas yana bir qora Mersedes to'kilayotgan o'rik gullarini har yonga uchirgancha shovqin-suron bilan kelib to'xtaydi. Bu yana bir baxtli juftlikning kelganini anglatadi.

"Meni manzur tuting", deydi mehmonxona ma'muri Jahongir. "Ko'rib turganingizda bu kelinchaklarni nazorat qilish juda qiyin".

Nazarimda, Jahongir may oyining kelishini hammadan ko'proq kutayotgandi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02