9 may - g‘alaba kunimi yo xotira?

9 май кунги "байрам"да совет аскарлари кийимидаги ёшлар чиқиши ҳам кутилмоқда Image copyright Bek_sohib
Image caption 9 may kungi "bayram"da sovet askarlari kiyimidagi yoshlar chiqishi ham kutilmoqda

Ўzbekistonda 9 may Xotira va qadrlash kuni bayram sifatida nishonlanishi va g'alaba sharafiga konsert qo'yilishi kutilmoqda. Marhum Islom Karimov davrida 9 may xotira kuniga aylantirilgan va bu kuni o'yin-kulgu odat bo'lmagan. Odamlar o'sha kuni o'tganlarning qabrini ziyorat qilishga odatlanayotgan edi.

Biroq bu yil ushbu an'anaga chek qo'yilib, 9 may xotira kuni sifatida emas g'alaba kuni sifatida nishonlanadigan ko'rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlar ertangi kunga taniqli xonandalar va talabalar ishtirokida katta tayyorgarlik ketayotganini ko'rish mumkin.

Sovet harbiylarining kiyimlarini kiyib olgan yoshlarning to'p-to'p bo'lib yurgani ham aks etgan.

9 mayga tayorgarlik avjida ketarkan aholi o'rtasida ushbu kunni qanday o'tkazish borasida taraddud paydo bo'lgan.

Bu kun Islom Karimov davrida xotira va qadrlash kuni sifatida keng targ'ib qilingani uchun odamlar yaqinlarining qabriga chiqib, duo qilishga odatlangandi. Ammo ertaga markaziy telekanallar orqali konsert dasturi qo'yilishi ularni tushunarsiz holatga solishi mumkin.

Videolavhamizni YouTube da tomosha qiling

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМ каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг