Kartoshka kuchlimi, dollar?

доллар Image copyright Umida Ahmedova

O'zbekistonda kartoshkaning ham dollarning ham narxi birdek o'sishda davom etmoqda. Bir kilo kartoshka shu kecha kunduzda 7 ming so'mga chiqqan. Bu ketishda u dollarni quvib o'tishi taxmin qilinmoqda.

O'zbekistonda kartoshka masalasi davlat siyosatiga ko'tarilganiga qaramasdan u qimmatlashda davom etmoqda.

O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi aprel oyining doshida Surxondaryoda yetishtirilgan kartoshka savdoga chiqishi va uning narxi tushishini aytgan edi.

14 aprelda Samarqandga borgan Prezident Shavkat Mirziyoyev ham kartoshka masalasiga alohida to'xtalib o'tgandi.

"Kartoshka masalasi - davlat siyosati, mayda narsa emas. Bu - non! Hozir dunyoda inqiroz ketyapti. Imkoniyatlarimizdan unumli foydalanish kerak", - degandi Prezident.

Biroq bu kabi yondashuvdan so'ng kartoshka narxi deyarli 2 karra oshib ketgan.

Bunga ayrim holatlarda ob-havo sabab qilib ko'rsatilsa, boshqa holatlarda dehqonlarning poliz mahsulotlarini oldindan belgilab olingan reja va buyurtmalar asosida emas, balki uyushmagan holda ekin ekishi sabab qilib ko'rsatiladi.

Ayrim kuzatuvchilar, poliz mahsulotlari yetishmovchiligida, dehqonlarning ishiga davlat buyurtmasi aralashayotgani va bu aralashuv boshqaruvsizlik sabab mana shunday holatlarni yuzaga olib chiqayotganini aytishadi.

Kartoshka narxi bilan birga dollar narxi ham oshishda davom etmoqda.

Ikki oylik jadallikka nazar solinsa kartoshka o'sish borasida dollarni ortda qoldirayotganini kuzatish mumkin.

Ikki oyning ichida kartoshka qariyob uch barobar qimmatlagan. Dollar bunchalik katta sakrash qilmagan bo'lsa ham o'sishda davom etib kartoshkani ortda qoldirishi aytilmoqda.

Shu kunlarda bir AQSH dollari 8060 so'mdan sotilmoqda.

Markaziy Bank kursi ham o'smoqda u 3734 so'mga chiqqan.

Video lavhamizni tomosha qiling.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА rаналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Bu mavzuda batafsilroq