Janubiy Koreya yangi Prezidenti Mun Chje In

Мун Чжэ Ин Image copyright EPA

Janubiy Koreya Prezident saylovida "Toburo" partiyasidan Mun Chje In katta farq bilan g'alaba qozonmoqda. Ekzit-poll natijalariga ko'ra, u 44,4 foiz ovoz to'plab asosiy raqibini ortda qoldirgan. An'anador Xon Chjun Pxe 23,3 foiz ovoz to'plashga muvaffaq bo'lgan.

Mun Chje In mamlakatdagi shakllangan pozitsiyadan farqli o'laroq Shimoliy Koreya bilan aloqalarni tiklash tarafdori. Yana u Janubiy Koreya iqtisodida asosiy o'rinni egallovchi yirik oilaviy biznes shirkatlarini isloh qilishga va'da bergan.

Mun Chje In kim?

Koreyaning yangi prezidenti Shimoliy Koreyadan kelgan qochqinning o'g'li. 1970 yillarda oldingi Prezidentning otasi harbiy diktator, general Pak Chon Xiga qarshi namoyishlarni boshqargani uchun qamalgan.

Hozir u sobiq Prezidentga bog'liq korrupsiya mash-mashalaridan uzoqroq bo'lib, mamlakatni ortidan ergashtirishini ta'kidlamoqda.

"Nafaqat men va partiyam, balki xalq ham hukumada o'zgarishlar bo'lishini istayotganini his qilmoqdaman", - degan u seshanba kuni ovoz berish jarayonida.

Pak Kin Xe, Janubiy Koreyaning birinchi ayol Prezidentini Konstitutsion mahkama korrupsiya mojarosi tufayli lavozimdan chetlatgandi. Shundan so'ng mamlakatda muddatidan avval Prezidentlik saylovi o'tkazishga ehtiyoj paydo bo'lgan.

Pak Kin Xe Koreyaning rasman ishonchsizlik bildirilgan birinchi Prezidenti ham bo'lgan. U dugonasining o'zi bilan aloqalardan foyda ko'rishiga yo'l qo'yib berganlikda ayblanadi.

Dugonasi-Chxve Sun Sil yirik shirkatlardan pora olish aybi bilan mahkamada. Mojaro Samsung kabi yirik shirkatlarni ham qamrab olgan. Samsung rahbari Li Chje Yon ham korrupsiya aybloviga yuz tutmoqda.

Uchovlon ayblarni rad etishgan. Mojaro Janubiy Koreyani bo'lib yuborgan.

Pak xonim endilikda jinoiy ayblarga yuz tutishi mumkin.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

Bu mavzuda batafsilroq