Video: AQSH Afg‘onistonga yana askar yubormoqchi

жон Image copyright AFP

Prezident Tramp maslahatchilari undan Afg'onistonga Tolibon bilan kurashishga qo'shimcha 3 ming askar yuborishni so'rashmoqda. Trampga kiritilgan tavsiyalar ichida Tolibon yetakchilarini havodan urib yo'qotish vakolatini qaytarish ham bor.

Ismi oshkor qilnmayotgan rasmiylarning aytishicha, Tramp ushbu rejani hanuz tasdiqlamagan. Harbiylar NATOga a'zo boshqa davlatlar ham Afg'onistonga 3000-5000 askar yuborishni so'rashmoqda.

Afg'onistonda NATOning 13 ming askari bor, shundan 8400 tasi AQSH qo'shinlari.

Amerikaning Tolibonga qarshi harbiy amaliyotlari rasman 2014 yili tugatilgan. Biroq maxsus kuchlar Afg'oniston armiyasiga yordam berishda davom etmoqda.

Afg'onistondagi AQSH harbiylari qo'mondoni general Jon Nikelson fevral oyida Kongress oldida qilgan chiqishida bir necha ming askar yetishmayotgani haqida gapirgan.

U harbiylar kirib qolgan boshi berk ko'chadan chiqish uchun ko'proq askar kerakligi haqida aytgandi.

Tolibon o'tgan oy "bahoriy hujumlar"ni boshlaganini ma'lum qilgan. Oradan bir hafta o'tib Mozori Sharif shahri yaqinidagi harbiy jamloqda kamida 135 afg'on askari o'ldirildi.

Guruh harbiy hujumlar bilan bir qatorda siyosiy taktikalarni ham ishlatishini ma'lum qilgan. Ular nishonga asosan xorijlik harbiylar olinishini aytgan.

Tolibon jangarilari bu hafta Qunduzni olish yo'lida Afg'oniston shimolidagi bir tumanni ishg'ol qilgan. Minglab odamlar uylarini tashlab qochishga majbur bo'lgan.

Afg'onistonga qo'shimcha kuchlarning so'ralishi yangi rahbariyat harbiy byudjetni 10 foizga oshirish qarori ortidan yangramoqda.

AQSH mulozimining aytishicha, yangi reja AQSH harbiylari rolining keskin oshiradi va askarlar sonini belgilashni Oq uy emas, balki Pentagon ixtiyoriga qoldirish vakolatini beradi.

Prezident Tramp ushbu taklifga NATOning 25 may kuni Bryuselda bo'lib o'tadigan sammitda ishtirokidan oldin qaror berishi kutilmoqda.

AQSHning oldingi Prezidenti Barak Obama Amerikaning Afg'onistondagi qo'shinlari sonini qisqartish uchun muddat belgilagan va bevosita Tolibon yetakchilarini nishonga olish borasida Pentagon vakolatlarini olib qo'ygan edi.

Biroq keyinchalik u qo'shinlar sonini ma'lum muddatda qisqartirish rejasidan voz kechishga majbur bo'lgandi.

VideolavhaniВидеолавҳани BBC UZBEK YouTube каналида томоша қилингkanalida tomosha qiling

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.