Bokschilari ortidan endi kurashchilari...

Элмурот Тасмуродов Image copyright Getty Images

Yunon-rum kurashi bo'yicha jahon, qit'a chempionatlari va Rio Yozgi Olimpiadasi sovrindori Elmurot Tasmurodov Dehlidagi Osiyo birinchiligida O'zbekistonni namoyon etajak 24 nafar kurashchidan bittasi bo'ladi.

Elmurot Tasmurodov -59 kg vazn toifasida Osiyo chempionatida katta tajribaga ega, u 2013, 2014 va 2015 yillarda ketma-ket birinchilikning oltin medallarini qo'lga kiritgan.

Bu kabi natija yunon-rum kurashi bo'yicha qit'ada kamdan-kam kurashchiga nasib etgan.

Videolavhani BBC UZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

Dehli: 'O'zbek kurashchilarini ko'raman, deganlarni ayting'

"Men -59 kg vazn toifasida uch marta Osiyo chempioni bo'ldim. Endigi maqsad yangi - 66 kg vazn toifamda ham shu natijalarni ko'rsatish-da", - deydi 25 yoshli Elmurot Tasmurodov Bi-bi-si O'zbek Xizmati bilan suhbatida.

Bu yilgi Osiyo chempionatida O'zbekistonni namoyon etajak nomdor kurashchilari orasida yana Ixtiyor Navro'zov, Rustam Assakalov, Bekzod Abdurahmonov, Magomed Idrisovich Ibragimovlar,..lar ham bor.

Sport kurashlari bo'yicha bu galgi Osiyo chempionati 10-14 may kunlari Hindiston poytaxti Dehlida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Qozog'istondan keyin bu birinchilikda eng katta sondagi kurashchisi bilan ishtirok etayotgan Markaziy Osiyo davlatidan bittasi bo'ladi.

Qozog'iston mezbon Dehliga 43 nafar kurashchisini yuborayotgan bo'lsa, Qirg'iziston 21, Tojikiston 13 va Turkmaniston bor-yo'g'i 4 sportchisi bilan bu yilgi birinchilikda ishtirok etishni ko'zlagan.

Bangkok mezbonlik qilgan so'nggi Osiyo chempionatini Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qirg'iziston eng yaxshi natija bilan yakunlagan.

2016 yilgi qit'a birinchiligining 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan.

25 ishtirokchi davlat orasidan medallar jadvalida Erondan keyin ikkinchi o'rinni egallagan.

Qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati o'sha yilgi medallar jadvalida yuqori uchlikka kirolmagan.

Eng so'nggida ta'kidlash joiz, kurash boks bilan birga o'zbekistonlik kurashchilar turli xalqaro turnirlarda o'z tarixlarida eng ko'p sovrinli o'rinlarga ko'tarilgan ikkita sport turidan bittasi bo'ladi.

Sport kurashchilari bo'yicha bu yilgi Osiyo chempionati esa, boks bo'yicha poytaxt Toshkent mezbonlik qilgan va 9 ta oltin medali bilan yangi rekord o'rnatgan qit'a birinchiligidan sanoqli kunlar o'tib bo'lib o'tadi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.