Dehli: 'O'zbek kurashchilarini ko'raman, deganlarni ayting'

Кураш Image copyright courtesy

Hindiston poytaxti Dehli mezbonlik bobida Osiyodagi barchani ortda qoldirdi.

O'ziyam tarixida ettinchi bor sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati mezboniga aylandi.

Dehlida bo'lgan muxbirimiz Iqbol Ahmadga ko'ra, bu yil sayin Hindistonda kurashga bo'lgan kuchayib borayotgan qiziqishning natijasi.

Tomosha qiling va ulashing.

Muxbirimizga ko'ra, Dehli mezbonlikka tappa-tayyor. Chempionat 10 may kuni ochiladi.

To'rt kun davom etajak bellashuvdan manaman, degan nomdorlari doxil ja'mi 24 nafar kurashchisi O'zbekistonni namoyon etadi.

Kurash bo'yicha Osiyo chempionati 1979 yildan beri o'tkazib kelinadi.

O'zbekiston orada birinchilikka ikki marta mezbonlik qilgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham ko'rishingiz mumkin.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.