Video: O'zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

Душанбеда ўтказилган Ўзбекистон маҳсулотлари кўргазмаси

Tojikiston poytaxti Dushanbe shaharida O'zbekiston madaniyati kunlari boshlandi.

O'zbekiston Madaniyat vazirligi rahbarlari etakchiligidagi madaniyat va san'at namoyandalaridan iborat katta hay'at Dushanbega etib borganlar.

Tojikistondagi O'zbekiston madaniyati kunlari 10-maydan 13-maygacha bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Tojikiston poytaxtida, Tursunzoda va Qo'rg'ontepa shaharlarida turli madaniy tadbirlar, kontsertlar tashkillashtirilgan.

Madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi Dushanbedagi Ayniy nomidagi Tojikiston Akademik Opera va balet teatrida bo'lib o'tishi xabar qilingan.

Ta'kidlash joiz, ikki mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon o'tkazilayotgan O'zbekistonning Tojikistondagi ilk madaniyat kunlari ikki qo'shni mamlakatda yashaydigan insonlarni xursand qilgan.

Tojikistonliklar ham, o'zbekistonliklar ham ikki mamlakat orasidagi munosabatlar bundan ham yaxshilanishini istashlarini aytishadi.

Tojik rasmiylari madaniyat kunlari ikki qo'shni respublika o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam ekanini ta'kidlaganlar.

Eslatib o'tish kerak, so'nggi yillarda O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi munosabatlar ancha taranglashgan edi.

Bunga 1998 yili Tojikistonning Xo'janddagi qurolli hodisalarda O'zbekistonni bosh qo'shishda, xususan, tojikistonlik o'zbek polkovnik Mahmud Xudoyberdievni dastaklashda ayblagani, O'zbekiston esa islomiy jangarilarning Tojikiston hududidan o'tishlariga izn berishda ayblab chegaralarini minalashtirgani, ikki davlat fuqarolari uchun viza tartiblari joriy qilingani, O'zbekiston qarshilik ko'rsatgan Rog'un GESi loyihasi, Tojikiston O'zbekistonni Rog'un bois "iqtisodiy qamal"da ayblagani kabilar sabab bo'lgan edi.

2016 yil sentyabrida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov dafn etilganidan keyin Tojikiston bilan munosabatlar iliqlashishi kuzatildi.

2017 yil apreli boshida so'nggi 25 yilda ilk bor Toshkent-Dushanbe reysi bo'yicha yo'lovchilar aviaqatnovi amalga oshirildi.

Shuningdek, o'tgan oy Tojikiston poytaxtida ilk bor O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Tojik rasmiylari xabar qilishlaricha, ko'rgazmada 35 million dollarlik shartnoma imzolangan.

Видеолавҳани BBCUZBEK YouTube каналида томоша қилинг

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq