‘Ko'knoriga mardikor kerak...’

Афғон деҳқони Image copyright courtesy

Afg'onistonning O'zbekiston doxil aksariyat Markaziy Osiyo davlatlariga bevosita chegaradosh shimoli va shimoli sharqilik mas'ullar xavotirda.

Ularning aytishlaricha, bu yil mazkur mintaqada ko'knor etishtirish bilan bog'liq ahvol xavotirli tus olgan.

Tomosha qiling.

Tojikistonga shundoqqina qo'shni Badaxshonda ko'knor ekish ikki barobariga ortgan.

O'zbekistonga bevosita chegaradosh Balx viloyatida esa, ko'knor etishtirish bilan bog'liq ahvol "o'tgan 20 yil davomida kuzatilmagan bir darajaga etgan".

Ayon bo'lishicha, balxlik dehqonlar o'zlari ekkan ko'knor hosilini yig'ishtirib olish uchun hatto mardikor izlashgacha borishgan.

Afg'onistonning qolgan qator shimoliy va shimoliy-sharqiy viloyatlarida ham ahvol avvalgisidan farqli ekani aytilmoqda.

Bu kabi vaziyat shundoq ham so'nggi yillarda xavfsizlik bilan bog'liq vaziyati jiddiy izdan chiqib borayotgan mintaqada isyonchilikni yanada olovlantirishi mumkin, degan xavotirlarni paydo qilmay qo'ymagan.

Shunday ekan, vaziyat qanchalik jiddiy - bu haftalik "So'z Sizga" dasturimizda. Nazardan qochirmang.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02