Mirziyoyevni Xitoyda qanday kutib olishdi?

Мирзиёев Image copyright Reuters

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 12 may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo'lgan.

Unda O'zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Mirziyoyev xorij safariga ilk marta rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga chiqqan.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o'tgan.

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpinning tor doiradagi uchrashuvi bo'lib o'tgan.

O'zA xabar agentligining yozishicha, unda tomonlar O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog'liq keng ko'lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashgan.

Uchrashuvlar davomida 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Mirziyoyevni kutib olish marosimi videosini YouTube kanalimizda tomosha qiling

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq