O‘shda O‘zbekiston qurayotgan maktab sentyabrda bitadi

Ўш

Qirg'izistonning O'sh shahrida O'zbekiston moliyaviy ko'magida 630 o'rinli zamonaviy maktab quriladi. Maktab qurilish ishlari hali boshlanmagan, ammo mutasaddilar uni sentyabr oyida, yangi o'quv yiliga tayyor bo'lishini aytmoqda.

O'sh shahar ta'lim boshqarmasi rahbari Avazbek Asanovning Bi-bi-siga aytishicha, hozirda har ikki taraf maktabni qurish bo'yicha hujjatlarni tayyorlamoqda.

"Ma'lumki, bu yilning boshidan Qirg'iziston va O'zbekiston aloqalari rivojlana boshladi. Ikki davlat Bosh vazir o'rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiya Andijon va O'sh shaharlarida muzokaralar o'tkazishgan. O'shanda O'zbekistonning moliyaviy ko'magida O'sh shahrida yangi maktab qurish tashabbusi ko'tarilgan edi" - deydi Avazbek Asanov.

Yangi maktab O'sh shahridagi Masaliyev prospektida joylashgan "Alisher Navoi" maktabining buzilgan binosi o'rniga quriladi.

Mazkur maktabda saboqlar qaysi tilda o'quv olib borilishi hali aniqlanmagan.

"Bu maktab hozirda qirg'iz tilidagi maskan. Yangi maktab binosi qurilib bo'lganidan keyin, qaysi tilda bo'lishi o'sha hudud aholisining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda aniqlanadi. Maktab nomi "Alisher Navoi" bo'yicha qoladi" - deydi shaharning bosh pedagogi Avazbek Asanov.

O'sh shahar hokimi Aytmamat Qadirboyev yangi maktabni qurish biriktirilgan Qirg'izistonning "Trest-12", hamda O'zbekistonning "O'zshaharsozlik" qurilish tashkilotlari vakillari bilan bino loyihasini muhokama qilgan.

"O'sh meriyasi shaharning markaziy ko'chalaridan birida umumiy 1,11 gektardan iborat yer maydonini yangi maktab binosi uchun ajratib berdi. Loyiha bo'yicha, qurilishning umumiy hovlisi 3851 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu ikki millat orasidagi munosabatlarni mustaxkamlash yo'lidagi asosiy olib borilayotgan ishlarning asosiy va keraklisidir" - deb urg'ulagan shahar rahbari quruvchilar bilan uchrashuvda.

Loyiha bo'yicha, yangi zamonaviy maktab uch qavatdan iborat bo'lib, unda sport va faollar zali, oshxona, shifokorlar xonalari, shuningdek laboratoriya ham o'rin oladi.

Qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. Biroq uning umumiy qiymati noma'lu

Qurilish mollarining ko'pchiligi O'zbekistondan olib kelinishi kutilmoqda.

"Bu maktab shu yilning 1 sentyabriga qurilib bitkazilishi kerak. Hozir davlatlararo kelishuvlarga imzolar qo'yilib, hujjatlar ikki davlat parlamentlaridan tasdiqlanishini kutmoqdamiz. Bu jarayonlar yakunlanishi bilan maktab qurilishini boshlaymiz. Bu katta, shahardagi zamonaviy maktablardan biri bo'ladi va ikki millat, hamda davlatlararo munosabatlarni rivojlanishida muhim ro'l o'ynaydi" - deydi O'sh shahar ta'lim boshqarmasining rahbari Avazbek Asanov.

O'tgan haftada, Qirg'izistonda yagona bo'lgan O'shdagi Bobur nomli o'zbek akademik drama teatriga O'zbekiston hukumati tomonidan 30 ming dollarlik kiyim kechak va sahna bezaklaridan iborat yordam kelgan.

Teatr aktyorlari yaqin kunlarda "Bobur tug'yoni" spektaklini muxlislarga namoyish etish arafasida.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.

Bu mavzuda batafsilroq