O‘zbek imomi: Diniy idora rahbarlari yangilansin

67 yoshli Usmonxon Alimov 2006 yili muftiy bo'lgan Image copyright Muslim.uz
Image caption 67 yoshli Usmonxon Alimov 2006 yili muftiy bo'lgan

Toshkentdagi imomlardan biri Shermurod Tog'ay O'zbekiston Musulmonlar diniy idorasida rahbarlar ketib o'rniga yosh, millati va dini uchun qayg'uradigan yangilari kelishi kerakligini aytmoqda. Unga ko'ra, hozirgi rahbarlar dindorlarning dardini eshitmaydi va ular bilan ochiq muloqot qilmaydi.

Erk.uz saytida Shermurod Tog'ay nomidan yozilgan "Eski daraxtlarni kesing" nomli maqolada aytilishicha, yangi Prezident Shavkat Mirziyoyev eski hokimiyat tizimidagi eski rahbarlarni olib o'rniga shijoatli yangi rahbarlarni qo'ymoqda va bu samarasini bermoqda.

Image copyright facebook
Image caption Shermurod Tog'ay Facebook da ancha faol

Imomning aytishicha, xuddi mana shu tajribani diniy sohada qo'llash kerak.

"Sababi hali bironta diniy rahbarlarimiz masjidma-masjid yurib, xalq, namozxonlar bilan ochiq muloqat o'tkazmadi. Ularning dardini tinglamadi. Sababi noloyiq imomlarni xalq bo'shatishini talab qilishlaridan cho'chishmoqda. Hali ham buyruq bozlik, dardiga mubtalomiz", - deb yozadi Shermurod Tog'ay.

Uning aytishicha, O'zbekistondagi musulmonlarga yosh, iqtidorli vatani yurti,millati va dini uchun qayg'uradigan, kechayu kunduz o'tirib ishlaydigan, qabuliga borsangiz soatlab kuttirmaydigan, osmondan kibr bilan nopisand qaramaydigan, el dardini tinglaydiganlar, o'zi qaror qabul qilishga salohiyatli, ilmli iqtidorli diniy rahbarlar kerak.

Shermuroj Tog'ay "gapi tasirsiz, taqvosiz, ikki yuzlamachi, ko'z bo'yamachi, qat'iyatsizlardan voz kechish kerak", degan. Ammo bu jusmlalar bilan kimni nazarda tutganini aniq yozmagan.

Imom unga ayrimlar sirlarimizni ochmang deyotganini ham aytgan.

O'zbekiston musulmonlar diniy idorasiga 67 yoshli Usmonxon Alimov rahbarlik qiladi. U 2006 yili muftiy lavozimiga tayinlangan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq