Россиялик журналист: 'Андижондан кейин Каримовдан нафратландим'
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video: - Rossiyalik jurnalist: "Andijondan keyin Karimovdan nafratlandim"

Bundan roppa-rosa 12 yil muqaddam, 2005 yilning 13 mayga oʻtar kechasi bir guruh qurollilar Andijondagi qattiq qoʻriqlanadigan qamoqxonaga hujum uyushtirib, yuzlab mahbuslarni ozod qilgandi.

Shundan keyin yuz bergan voqealar haqida qarashlar turlicha.

Guvohlar hukumat kuchlari tinch namoyishchilarni oʻqqa tutgani va ayollar hamda bolalar doxil yuzlab begunoh odamlarni oʻldirganini aytishadi.

Hukumat esa Andijonda akromiylar diniy guruhiga mansub qurollilar hokimiyatni bosib olishga uringanini aytadi.

Hukumatga koʻra, aksariyati terrorchilardan iborat 187 kishi halok boʻlgan.

Shohidlar va inson huquqlari faollari qurbonlar soni bundan koʻp ekanini aytishgan.

Marhum Prezident Islom Karimov voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv oʻtkazish chaqiriqlarini rad etgan.

Rossiyalik jurnalist Oʻrxon Jamol Andijon voqealarining guvohlaridan.

U oradan 12 yil oʻtib, ushbu qonli voqealar bilan bogʻliq koʻpgina savollarning ochiq qolayotganini aytadi.

BBC Oʻrxon Jamol bilan avvalroq uning Istanbulga safari chogʻida suhbatlashgan.

Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02