Уйга қайтишни истаган ИШИДчилар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Uyga qaytishni istagan IShIDchilar

BBC muxbiri ortga qaytishni istagan IShIDchilar bilan koʻrishdi.

BBC muxbiri Suriyada g'arblik IShID jangarilari ushlab turilgan qomoqxonaga borgan.

Ular uyga qaytishni istayotgan sobiq jangarilar ekanliklarini aytishgan.

Muhammad turmush o'rtog'i bilan Frantsiyadan IShID saflariga qo'shilish uchun ketgandi.

Ularning farzandi Raqqada tug'ildi. U Frantsiyaga qaytishni xohlashini aytadi.

"Bir do'stim kelib, IShID saflariga qo'shilish kerak, deb aytgandi.

Meni ishontirishiga izn berdim. Irodam zaiflik qilib, unga ergashdim".

Lekin Yevropa davlatlari ularni qayta qabul qilishni istamaydi.

Suriya shimolini nazorat qiluvchi guruhlar esa sobiq IShIDchilarni ushlab turolmasliklarini aytishadi.

IShID saflarida 30 mingga qadar xorijiy jangarilar bor.

Guruh Raqqaning o'zida minglab o'limlarga mas'ul.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02