Жаҳон бўйлаб компютерларга вирус хуружи
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Jahon boʻylab kompyuterlarga virus xuruji

Jahon boʻylab yuz minglab kompyuterlar xakerlik hujumiga yuz tutdi.

Videolarimizni BBC O'zbek YouTube kanalida tomosha qiling.

Oxirgi bir necha kun mobaynida jahon boʻylab yuz minglab kompyuterlar xakerlik hujumiga yuz tutdi.

Nafaqat shaxsiy foydalanuvchilar balki turli mamlakatlardagi yirik shirkat va tashkilotlar kompyuter ekranlarida ham tovon toʻlanmasa hamma fayllarini oʻchirib tashlash poʻpisasi paydo boʻlgan.

Bu qanday virus?

WannaCry virusi kompьyuterdagi fayllarni "qulflab" tovon toʻlamaguncha ochirmay qoʻyadi.

WannaCry 300 dollar talab qilmoqda. 15 maygacha toʻlanmasa haq 2 barobarga oshiriladi. 19 maydan keyin fayllar mutlaqo oʻchiriladi.

Kimlar qurbon boʻldi?

150 mamlakatdagi 100 minglab kompyuterlar virusga uchragan. Olmoniya Temir yoʻllar shirkati Deutsche Bahn

Ispaniyada Telefonica, AQShda FedEx va Rossiya Ichki Ishlar vazirligi, "Sberbank", "Megafon" kompyuyetr tizimlari virusga uchragan.

AQSh josuslik xizmati?

Xakerlar AQSh Josuslik Xizmati tomonidan ishlab chiqilgan va 2016 yili oʻgʻirlangan EternalBlue dasturidan foydalanishgan.

Matbuotda daʼvo qilinishicha, bu dastur Eron yadro tizimini nishonga olish uchun ishlab chiqilgandi. Josuslik xizmati bu daʼvoni sharxlamagan.

Tovonni toʻlaylikmi?

Mutaxassilar: tovon toʻlangan taqdirda ham fayllarni qaytarib olish imkonsiz boʻlishi mumkin. Maslahat: "Toʻlamang"

Qanday himoya qilaylik?

Xavfsizlik dasturini mutassil yangilab boring. Shubhali imeylni va yuklamani ochmang. Windowsning eski shaklini ishlatmang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02