Video - Oʻzbek hukumati migrantlarning koni foyda ekanligini angladimi?

migrant Image copyright youtube

Aftidan Oʻzbekiston hukumati Rossiyadagi mehnat muhojirlarining mamlakat gʻaznasiga kiritayotgan milliardlab dollarlik hissasini qadrlay boshladi.

Videolavhamizni YouTubeda tomosha qiling.

Oʻzbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlik oʻzbekistonliklar uchun Rossiyada mavjud boʻlgan qator ish oʻrinlarini eʼlon qildi.

Shu kunlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan rossiyalik rasmiylar esa oʻzbekistonlik mehnat muhojirlariga huquqiy yordam koʻrsatishni vaʼda qilib ketishdi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02