Checheniston "geylar genotsidi"da ayblanmoqda

Qochishga va Moskvada yashirinishga muvaffaq boʻlgan chechen geylar Image copyright NAIRA DAVLASHYAN/AFP
Image caption Qochishga va Moskvada yashirinishga muvaffaq boʻlgan chechen geylar

Frantsiyaning geylar huquqlari uchun kurashuvchi uchta tashkiloti Chechenistonni geylarni qirgʻin qilishda ayblab Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishdi.

Ular Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov va davlat rasmiylarini "geylar genotsidi" va "taʼqib toʻlqini"da ayblashmoqda.

Chechen rasmiylari respublikada geylar borligini rad qilgan.

Oy oshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Chechenistonda geylarga qarshi olib borilgan reydlar boʻyicha tergov ochilishini qoʻllab-quvvatladi.

Ammo, uchta frantsuz guruhi Rossiyaning ichki tergoviga ishonchsizlik bildirib, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishdi.

Chechenistondagi hamjinsboz erkaklarning yoppasiga qoʻlga olinayotgani borasidagi xabarlar ilk marta oʻtgan oy Novaya Gazetada chop etildi.

Shikoyatda aytilishicha, 17 yoshli gey oʻsmirni oʻz amakasi oilaning shaʼnini himoya qilish uchun toʻqqizinchi qavatdan yerga uloqtirgan.

Le Monde xabar qilishicha, uch frantsuz guruhi Prezident Qodirovni geylarni qiynoqqa soluvchi maxsus turmalarni qurishda aybladi.

Oʻtgan oy mazkur ayblovlar tekshirilishi talabi bilan Rossiya bosh prokuroriga petitsiya berishga uringan besh gey faoli Moskvada qoʻlga olingandi. Petitsiyaga 2 million odam imzo chekkan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02