Afgʻon-TVga IShID hujumida 6 qurbon

Jalolobod shahri koʻchasida Image copyright EPA
Image caption Jangarilar telekanal binosiga hujum qilishi ortidan shiddatli jang boshlangan

Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahridagi davlat telekanaliga qilingan hujumda kamida 6 kishi qurbon boʻlgan, 4 nafar IShID jangarisi yakson etilgan.

Qurbonlarning toʻrt nafari Afgʻoniston teleradiosi xodimlari deyilmoqda. Shuningdek, ikki politsiya zobiti ham halok boʻlgan.

Mototsiklda kelgan ikki hujumchi telestantsiya oldida oʻzini portlatib yuborishi ortidan zoʻravonlik boshlanib ketadi.

Talotoʻpda ikki jangari ichkariga kiradi va toʻrt soat davomida qoʻriqchilar hamda xavfsizlik kuchlari bilan otishmaga kirishadi.

Mahalliy IShID guruhi Amaq sahifasida zoʻravonlik uchun maʼsuliyatni oʻz zimmasiga oldi.

Image copyright Reuters
Image caption Askarlar bir necha soat davomida jang qilishdi

Pokiston bilan chegaradosh Nangarhor viloyatida asosan oʻzbekistonlik va pokistonliklardan iborat IShID jangarilari faol.

Ular ayrim hududlarda nazorat ham oʻrnatishgan va baʼzan zoʻravonlik, odam oʻgʻirlash va qotilliklarga qoʻl urishadi.

Bu mintaqada Tolibon ham katat mavqega ega, lekin mazkur harakat soʻnggi hujumga aloqasi yoʻqligini aymoqda.

Hujum boshlangan ilk daqiqalarda telekanal boshligʻi doxil jami 12 xodim xavfsiz joyga olib chiqilgan.

Biroq bir necha kishi chiqa olmay, ichkarida qolib ketishadi va hujumchilar nishoniga tushadilar.

Soʻnggi oylari Tolibon va IShID guruhlari Kobuldagi harbiy kasalxona hamda Mozori Sharifdagi harbiy qarorgohda yirik hujumlar uyushtirishgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Bu mavzuda batafsilroq