ЎзТВда "жаннатдан хабарлар" тугадими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - OʻzTVda "jannatdan xabarlar" tugadimi?

Davlat telekanallari avvallari misli koʻrilmagan tanqidiy lavhalarga oʻrin bermoqda.

Video lavhani YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi arafasida viloyatdagi kommunal xizmatlar tanqid qilindi.

Marhum prezident Karimov davrida OʻzTV ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni koʻtarmagan.

OʻzTVning bosh yangiliklar dasturi "Axborot" xalq orasida "jannatdan xabarlar" nomini olgandi.

Tanqidlar Prezident Mirziyoyev davlat televideniyesini tanqid qilishi ortidan boshlandi.

Prezident OʻzTV faoliyatini oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzishga ham buyruq bergan.

Davlat televideniyesi soliq xodimlarini fosh etuvchi koʻrsatuvni ham namoyish etdi.

Soliq va huquq-tartibot idoralari eng koʻp korruptsiyaga botgan tizimlar sifatida bilinadi.

Bunga qadar militsiya va prokuraturaning faoliyati tanqid qilingandi.

Xoʻsh, bu soʻz erkinligimi yoki yuqorining koʻrsatmasi?

Toshpoʻlat Rahmatullayev Mustaqil jurnalist:

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002