Video - Tamila "behayo video"sini izohladi

Tamila shaxsiy hayoti haqida soʻzladi Image copyright Shok.uz
Image caption Tamila shaxsiy hayoti haqida soʻzladi

Oʻzbekiston taniqli qoʻshiqchi Tamila oʻz litsenziyasidan ajralishiga sabab boʻlgan videoni izohlab berdi. Oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u kamera qarshisida shimini yechgani namoyon boʻlgandi. Mazkur mojaro tufayli u bir yilki sukut saqlab kelayotgandi.

U bilan boʻlgan suhbatdan parchani tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

Qoʻshiqchi Tamila shok.uz saytiga oʻzining "behayo" videolari borasida izoh berdi.

U oʻzining sobiq "fuqaroviy er"i gʻarazi tufayli koʻp qiynalayotgani daʼvo qildi.

U sobiq eri fotoshop bilan "jirkanch foto va videolar"ni yasab tarqatganini aytdi.

Ammo, oʻtgan yili u videoda oʻzi ekanini Sayyod saytiga intervьyusida tan olgandi.

U oʻzining oxirgi klipi "ichki isteʼmolchiga" toʻgʻri kelmagani uchun chiqarilmasligini aytdi.

Behayo video tarqalishi ortidan Tamilaning litsenziyasini Oʻzbeknavo bekor qilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002