Halima Xudoyberdiyeva nishon bilan taqdirlandi

Halima Xudoyberdiyevaga orden topshirilmoqda Image copyright Muhammad Ismoil

Oʻzbekiston Xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva "El-yurt hurmati" nishoni berilgan.

Mukofot shoiraga 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbir chogʻi topshirilgan.

Halima Xudoyberdiyeva soʻnggi bir necha yil davomida faol ijtimoiy hayotdan chetlatilgandi.

Ammo Shavkat Mirziyoyev qudratga kelishi ortidan, qator "unutilgan" ijodkorlar yana "katta davralarga" qaytayotgani kuzatildi.

BBC Halima Xudoyberdiyevadan mukofot oʻzi uchun qanchalar kutilmagan yo-da, kutilmagan boʻlgani haqida soʻradi:

"Kutilmagan, men uchun... kutilmagan. Biz shu qoʻlimizdan kelgan ishni qildik. Erkin Vohidovning: "Bizlar ishlayapmiz, bu mehnat xolos", degan satrlari boʻlardi... Bu hukumatimiz, davlatimiz mehnatimizni qadrlayotgani koʻrinishi, albatta... Adabiyotga kattaroq mehr bilan qarash boshlandi, deb oʻylayman", deydi u.

(Bu haqdagi videolavhani BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling)

Halima Xudoyberdiyeva xalq orasida sevib mutolaa qilinadigan "Ilk muhabbat", Chaman", "Suyunchi togʻlarim", "Bobo quyosh", "Issiq qor", "Sadoqat", "Muqaddas ayol" va "Toʻmarisning aytgani" kabi qator sheʼriy kitoblar muallifidir. Uning qator sheʼrlari taniqli hofizlar tomonidan qoʻshiq qilib aytilgan.

Shoira hozir ham ijoddan toʻxtamagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002