Эронда ким президент бўлмоқчи?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Eronda kim prezident boʻlmoqchi?

Eron prezidentlik sayloviga tayyorgarlik koʻrar ekan, shu kunlar dunyoning diqqat-eʼtibori oʻsha yerga qaratilgan.

Eron yadroviy dasturi bilan Yaqin Sharqdagi yirik oʻyinchidir.

Prezidentlik saylovi mamlakatning kelajakda qaysi yoʻldan ketishini belgilovchi jarayon sifatida koʻrilmoqda.

Asosiy daʼvogarlar kimlar? Videolavhani tomosha qiling.

Eron 19 may kuni yangi prezident saylaydi.

Prezidentlikka nomzodlar barchasi erkaklardir.

Koʻrinishidan, daʼvogarlardan ikki nafari oxiriga qadar kurashadilar.

68 yoshli moʻʼtadil siyosatchi Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanishga umid qilmoqda.

Uning eng katta muvaffaqiyati 2015 yil yadroviy dastur borasida AQSh bilan oʻtkazgan muzokaralaridir.

Ammo Eronda ishsizlik darajasi ortgan. Bundan eng koʻp yoshlar zarar koʻrgan.

Ruhoniyning anʼanador raqibi - Ibrohim Raisiy millionlab ish oʻrinlari yaratishga vaʼda bermoqda.

57 yoshli ushbu siyosatchi taniqli emas, biroq diniy doiralarda qudratli shaxsdir.

137 ayol prezidentlikka daʼvogar sifatida chiqqan esa-da, ularning hech biri bellashuvga qoʻyilmadi.

Saylov Islomiy Respublika kelajakda qaysi yoʻldan ketishini belgilovchi oʻta muhim jarayondir.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002