Абдулазиз Комиловнинг овозини халқ энди эшита бошладими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Abdulaziz Komilovning ovozini xalq endi eshita boshladimi?

Umumiy hisobda 14 yil Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimida xizmat qilgan Abdulaziz Komilovning ovozini xalq endi eshita boshladimi?

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻzbek tilida intervyular bera boshladi.

Prezident Karimov davrida nafaqat Komilov, balki boshqa mulozimlar televideniyeda chiqish qilmasdilar.

13 yil bosh vazir lavozimida boʻlgan Mirziyoyevning ovozini ham xalq biron marta eshitmagan.

Komilovning oʻzbek tilida intervyu berishi rasmiylarning xalq oldidagi hisobdorligi nishonasimi?

Qanday boʻlmasin, uzoq yillar xizmat qilgan mulozimlar ovozini endi eshityapmiz.

  • Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002