Eronda Prezident saylovi oʻtmoqda

Eron ruhoniy rahbari Oyatullo Ali Xomanai dushmanlar oldida saylovda faol ishtirok etishga chaqirgan Image copyright AFP / IRANIAN SUPREME LEADER'S WEBSITE
Image caption Eron ruhoniy rahbari Oyatullo Ali Xomanai dushmanlar oldida saylovda faol ishtirok etishga chaqirgan

Eronda Prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda. Unda Eronnning amaldagi rahbari Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanish uchun kurash olib boradi. Moʻʼtadil anʼanador qarashga ega 68 yoshli Ruhoniyga yana uch nomzod qarshilik qiladi. Ruhoniy 2015 yilda yirik davlatlar bilan tarixiy yadro kelishuvi imzolagani bilan mashhur.

Ruhoniyga 56 yoshli anʼanador Ibrohim Raisi asosiy raqib boʻlishi kutilmoqda. U Eron ruhoniy rahbari Oyatullo Ali Xomanai tomonidan katta dastakka ega.

Nomzodlarning birortasi ham 50 foiz ovozdan koʻproq toʻplay olmasa, keyingi haftada ikkinchi bosqich saylov boʻlib oʻtadi.

Eronda 1985 yildan boshlab amaldagi har bir Prezident ikkinchi muddatga saylanib kelgan. Oyatullo Ali Xomanai ham ikkin muddatga saylangandi.

Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda 63500 saylov uchastkasi ochilgan. Ular mahalliy vaqt bilan 18:00 da yopilishi kerak. Ammo saylovchilarning koʻpligi sabab oldin uchastkalar tez-tez kechroq yopilgan holatlar boʻlgan.

Image copyright EPA
Image caption Prezident Hasan Ruhoniy Ershad masjidida ochilgan saylov uchastkasida ovoz bergan

Dastlabki natijalar yakshanba kuni eʼlon qilinadi.

Konstitutsiya qoʻriqchilari kengashi saylovda ishtirok etish uchun 6 nomzodni roʻyxatdan oʻtkazgan. Ammo ulardan ikkitasi - Tehron hokimi va vitse-prezidentlar shu hafta boshida saylovdan chiqib ketgan.

Yana ikki nomzod, islohot tarafdori Mustofa Hoshimiy Taba va oʻta anʼanador Mustofa Mirsalim saylovda ishtirok etmoqda.

Saylovoldi kampaniyasining soʻnggi kuni chorshanbada Eron ruhoniy rahbari Oyatullo Ali Xomanai saylovda faol ishtirok etishga va shu tarzda Islom rejimining ommaviyligini koʻrsatishga chaqirgan.

"Amerika, Yevropa amaldorlari va sionist rejimi vakillari qatnashchilar darajasini koʻrish uchun bizdagi saylovni kuzatib borishmoqda. Eron xalqining dushmanlari bor. Dushman oldida xalqimiz qarorli va hotirjam ekanligini koʻrsatishi kerak", - degan u.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq