Video - Ramazonni oy kuzatmasdan eʼlon qilish toʻgʻrimi?

idora Image copyright qalampir.uz

Prezident Mirziyoyev Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqargan. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axborotiga tayanilib 27 may kuni Ramazon oyining boshlanishi deb eʼlon qilingan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda Ramazonning kirishi oyga qarab belgilanmasligi eʼtirozga sabab boʻlgan.

"Natijada, odamlar ikkiga boʻlinib qoladi: bir guruh oy kuzatganlarga, ikkinchi guruh Diniy Idora fatvosiga ergashadi; ixtilof yuzaga keladi", - deydi Musannif Adham.

U oy kuzatish hayʼatini tashkil qilish. Oyni togʻli emas, choʻlli mintaqalarda kuzatish kerakligi. Oy aniq koʻringani/koʻrinmaganidan keyin butun Oʻzbekiston ahliga buni eʼlon qilish bugungi sharoitda juda oson ishligini aytadi.

Oʻzbekiston Turkiya va Qozogʻiston singari Ramazonning kirishini oy chiqishiga qarab emas, astronomik hisob-kitoblar boʻyicha belgilaydi.

Videolavhamizni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02