Усмонов v Навальний: Ўзбеклар ким томонда?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Usmonov v Navalniy: Oʻzbeklar kim tomonda?

Ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat oʻzbeklar milliarder hamyurtlari Alisher Usmonovning tarafini olishgan.

Muxolifatchi Aleksey Navalniy shu yil martida Usmonov Bosh vazir Medvedevga saroy sovgʻa qilganini iddao qilgan.

U Alisher Usmonovni "jinoyatchi" deb atagan va Rossiyada bir tiyin ham soliq toʻlamasligini aytgan.

Mahkama arafasida Navalniyga videomurojaat bilan chiqqan Usmonov bu ayblarni rad etgan.

"Tupurdim senga, Aleksey Navalniy!" deya yakunlagan oʻz murojaatini dunyodagi eng boy oʻzbek.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling

Aksariyat oʻzbekistonliklar milliarder hamyurtlari Alisher Usmonovning tarafini olishmoqda.

"A.Usmonov aqlli, oliyjanob, Navalniy esa aksi, omadsiz..." - Gayrat Umarov.

"Gap yuk, Alisher-oka!" - Sergey Sarkisov.

"Oʻzbek milliarderiga rossiyalik sotqinlardan hasad urushi eʼlon qilingan" - Hamidulla Ruziyev.

"Tfu Navalniy" degani oʻzbekchasiga "xe, enangni" degani boʻlsa kerak!" - Olim Pardayev.

Ammo oʻzgacha fikrdagilar ham yoʻq emas.

"Navalniy krasavchik!!!" - Erkinjon Kuvvatov.

Muxolifatchi Aleksey Navalniy Usmonov Bosh vazir Medvedevga saroy sovgʻa qilganini aytgan.

U Alisher Usmonovni "jinoyatchi" deb atab, Rossiyada bir tiyin soliq toʻlamasligini ham daʼvo qilgan.

Mahkama arafasida Navalniyga videomurojaat bilan chiqqan Usmonov bu ayblarni rad etgan.

U Navalniyni "sen"sirab, "savodsiz", "omadsiz" va "baxtsiz" deb atagan.

Usmonov 1980-yillarda Oʻzbekistonda nohaq qamalgani va 6 yil oʻtirganini aytgan.

U Oliy Sud tomonidan oqlanganini taʼkidlab, "ikkalamizdan bittamiz jinoyatchi" degan.

Alisher Usmonovga koʻra, u milliardlab soliq toʻlagan va minglab ish oʻrinlari yaratgan.

"Alisher Usmonovni tengi ham emas u, bas ham kela olmaydi" - Xotamjon Toʻxtayev.

"Tuf senga, Aleksey Navalniy!" deya yakunlagan oʻz murojaatini dunyodagi eng boy oʻzbek.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02