Usmonov "Arsenal"ning 97% aksiyasiga egalik qilmoqchi

Усманов Image copyright Getty Images
Image caption Usmonov "Arsenal"ning omadsizligida murabbiy bilan rahbariyatni ham ayblaydi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov amerikalik magnat Sten Kronkega Londonning "Arsenal" klubi 67% aksiyalarini 1,3 milliard dollarga sotish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Ayni damda Alisher Usmonov klubning 30 foizdan ortiqroq hissasiga egalik qiladi. Kronke aksiyalarni sotgan taqdirda o'zbek milliarderi o'z hissasini 97 foizga yetkazib oladi.

Financial Times yozishicha, Kronke aksiyalarni sotishga qiziqmayotganini ko'rsatib, Usmonovning taklifiga javob bermagan. Nima bo'lgan taqdirda ham Kronke yozma ravishda javob berishi kerak.

Usmonov aprel oyida klubning bu mavsumdagi omadsizligiga faqat murabbiy Arsen Venger emas, balki direktorlar kengashi bilan Kronke ham aybdor ekanligini aytib chiqqan edi.

Usmonov klub kengashidan chiqarib yuborilgan va qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi.

Ayni damda "Arsenal" Angliya chempionatida beshinchi o'rinda ketmoqda va so'nggi 20 yilda ilk bor UYeFA Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi mumkin. Bu klubga o'rtacha 50 million funt zarar keltirishi mumkin.

Alisher Usmonov bir necha marotaba "Arsenal" klubi rahbariyatini tanqid qilgan va klub superyulduzlarni sotib olishi kerakligini ta'kidlab keladi. Usmonovga ko'ra, "Arsenal" yetakchi futbolchilar bilan shartnoma tuzmasdan g'alaba uchun eshiklarni o'zi yopmoqda.

O'tgan yilning fevral oyida Alisher Usmonov klubdagi hissalarini 21 foizdan 30 foizga ko'paytirib olgan. O'shanda u eronlik tadbirkor Farad Moshirning aksiyalarini sotib olgandi.

Bu mavzuda batafsilroq