Mirziyoyev Ruhoniyni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Руҳоний сайловда 56 фоиз овоз олган Image copyright AFP

Prezident Shavkat Mirziyoyev Erondagi prezidentlik saylovda g'alaba qozongan va ikkinchi muddat ushbu lavozimda qolayotgan Hasan Ruhoniyni g'alaba bilan tabriklagan. Ruhoniy 56 foiz ovoz to'plab g'alaba qozongan."Davlatimiz rahbari maktubda saylov natijalari "Siz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatga Eron xalqining yuksak ishonchiga dalolat" bo'lganini ta'kidladi", - deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

O'zbekiston Prezidenti tomonlar hamkorlikda o'zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko'tara olishiga ishonch bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniyga uzoq umr, mustahkam sog'liq, omad va davlat faoliyatida yangi muvafaqqiyatlar, Eron xalqiga ega tinch va farovonlik tilagan.

Ruhoniy saylovda 56 foiz ovoz olgan.

Eron Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 39 million saylov qog'ozi hisoblab chiliqganda Ruhoniy 22 million 800 ming ovoz olga. Uning raqibi Ibrohim Raisi 15,5 million ovoz to'plagan.

50 foizdan ko'proq ovoz olish ikkinchi bosqich saylovga imkon qoldirmaydi va Prezident lavozimini egallash mumkin.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02.

Bu mavzuda batafsilroq