President Trump arrives in Saudi Arabia
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Donald Trampni Saudiyada qanday qarshilashdi?

AQSh Prezidenti Donald Trampning ilk rasmiy tashrifi anʼanador Saudiya Arabistoniga boʻldi. Amerika Prezidenti va uning rafiqasi Meldaniya Trampni kutib olish marosiga Saudiya tomonidan biror ayol kishi chiqmagan.

YouTube kanalimizdagi videolavhani koʻring.

Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampni Ar-Riyoddagi aeroportda Saudiya qiroli Salmon kutib olgan.

Diplomatik protokol boʻyicha AQSh Prezidentini poytaxtda kutib olish tantanali ravishda amalga oshirilgan.

Aerodromda ikki davlat bayroqlari osilgan. Faxriy qorovul saf tortib turgan, orkestr maxsus marsh chalgan, nufuzli mehmonlarga bolalar gul berishgan.

Biroq protokol boʻyicha Amerika Prezidenti rafiqasini kutib olishga qirol Salmonning rafiqasi chiqmagan.

Kuzatuvchilar Melaniya Trampni kutib olishga qirolichaning chiqmaganini Saudiya odatlari bilan izohlashadi.

Shunga qaramasdan qirol Salmon Melaniya Tramp bilan qoʻl berib koʻrishib, uni xush qarshilagan.

Uchrashuv davomida ikki davlat shirkatlari orasida 50 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi maʼlum qilingan.

Bundan tashqari Saudiya Arabistoni AQShdan 100 milliard dollarga qurol-yaroq sotib oladi.

Tramp yakshanba kuni Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan "Arab-Islomiy-Amerika sammiti"da qatnashadi.

Unda Oʻzbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02