Video - General Doʻstum "istagan paytda ortga qaytadi"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - General Doʻstum "istagan paytda ortga qaytadi"

Afg‘oniston prezident saroyi va birinchi vitse-prezidenti devoni ortidan, bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham rasman bildirgan.

YouTube kanalimizdagi videolavhani koʻring.

Vazirlikning bu xususdagi rasmiy bayonoti general Abdulrashid Do‘stumning Turkiyaga kutilmagan safaridan ikki kun o‘tib e’lon qilingan.

19 may kuni shu yil boshidan buyon tan qo‘riqchilari siyosiy muxolifi Ahmad Ishchining jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka oid iddaolari bilan bog‘liq jinoiy ish markazida qolayotgan generalning Anqaraga jo‘nab ketganiga oid xabarlar olingan.

Afg‘oniston birinchi vitse-prezidentining ayni shu jinoiy ish manzarasida kuzatilgan kutilmagan safari uning Turkiyaga o‘z ixtiyori bilan muhojiratga yuz tutgan bo‘lishi mumkinligiga oid talqinlarga ham sabab bo‘lmay qolmagan.

Ammo partiyasi voizi ortidan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligining rasman bildirishicha ham, general Abdulrashid Do‘stum Anqaraga odatiy tibbiy tekshiruvdan o‘tish va dam olish uchun kelgan.

Vazirlikka ko‘ra, Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti o‘zi istagan paytda bemalol ortga qaytishi mumkin.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02