Prezident bu gal "Onam"lab kuyladi

Qirgʻiz ayollari Image copyright courtesy

Bu - Qirgʻiziston Prezidenti Almazbek Atamboyev ijrosidagi oltinchi qoʻshiq boʻldi.

Prezident Atambayevning "Onajonim" qoʻshigʻi internetda Onalar kuni arafasida paydo boʻldi.

Qirgʻizistonda har yil may oyining uchinchi yakshanbasi Onalar kuni sifatida bayram qilinadi.

Tomosha qiling va ulashing.

Yangi qoʻshigʻiga ishlangan videoklipda ham Qirgʻiziston prezidenti ona qishlogʻi - Arashan manzaralari aks etgani aytiladi.

Ammo qolgan Markaziy Osiyo prezidentlari ham oʻtgan 25 yil davomida oʻz "sanʼatlari" bilan yaxshigina tanilib ulgurishgan.

Yaqinda qozoq prezidentining sozandalik mahorati internetda rosa gap boʻlgan.

Oʻtgan yil oxirida Milliy Musiqa markaziga tashrif buyurgan prezident Nursulton Nazarboyev doʻmbira chalib bergandi.

Turkman prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning turfa qobiliyatlari esa, allaqachon koʻpchilikka yod boʻlib ulgurgan.

Oʻzbekiston marhum prezidenti Islom Karimov turli bayramlarda raqs tushib, koʻpga tanilgandi.

Tojikiston prezidentining kutilmaganda oshkor boʻlgan raqqoslik "sanʼati" esa, koʻpchilikni lol qoldirmay qoʻymagandi.

Qirgʻiziston prezidentining yangi qoʻshigʻiga quloq tutib koʻring-chi, sizga yoqarmikan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02