Turkmaniston Bosh vazir oʻrinbosari oʻzini osgan

Botir Ereshov oʻzini osgani aytilmoqda Image copyright chrono-tm.org
Image caption Botir Ereshov oʻzini osgani aytilmoqda

Turkmaniston Bosh vazir oʻrinbosari 52 yoshli Botir Ereshov oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda Xronika Turkmenista nashri oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda. Uning Oʻzbekistonning Buxoro viloyatiga dafn qilingani aytilmoqda.

Botir Ereshovning oʻlimi haqida 3 may kuni davlatning Turkmenistan Altyn Asyr agentligi xabar bergan edi. Xabarda Botir Ereshovning qoʻqqisdan vafot etgani, tarjimai holi va Prezident Gurbanguli Berdumuhammedov boshchiligida taʼziyanoma yozilgandi. Unda hukumat mulozimi oʻlimiga nima sabab boʻlgani aytilmagan.

Xronika Turkmenistana 2 haftadan soʻng yuqori lavozimli mulozimning oʻz joniga qasd qilganini oʻrgangan.

Botir Ereshov hukumatda sanoat sohasiga javobgar boʻlgani aytilmoqda. Nashrning taʼkidlashicha, Bosh vazir oʻrinbosari Turkmanistonda boshlangan korruptsiyaga qarshi kampaniya doirasidagi jinoiy ishning ishtirokchilaridan biri boʻlgan boʻlishi mumkin.

Uning oʻgʻli oʻlimidan sal oldinroq, aprel oyining soʻnggida hibsga olingan.

Xronika Uzbekistana oʻz manbasiga tayanib xabar berishicha, Botir Ereshov Oʻzbekistonning Buxoro viloyatidagi urugʻlari qabristoniga dafn qilingan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq