Англиянинг Манчестер шаҳрида "террор ҳужуми"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Angliyaning Manchester shahrida "terror hujumi"

Britaniya politsiyasi xabar berishicha, Manchesterdagi hujum oqibatida 22 inson halok boʻlgan, 59 kishi yaralangan. Ularning orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.

YouTube kanalimizdagi maxsus videoni tomosha qiling.

Bu Manchester Arena kontsert zalida portlash vaqti... Asosan yoshlar yigʻilgan tadbir.

Hamma sarosimada.

Toʻs-toʻpolonda minglab odamlar oʻzlarini chiqish tomon uradi.

"Men yugurdik bu yerdan dedim...Yugurib darvozaga yetib oldik. Odamlarning baqirgani, yigʻlaganini eshitardim, xolos".

Politsiyaga koʻra, portlash Manchester arenaning foyyesida roʻy bergan.

Manchester arena shahardagi eng yirik kontsert zalidir.

Arenaga 18 ming tomoshabin sigʻadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02